Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitri Kuleba Kiyevga ikki kunlik taşrif bilan kelgan Xitoy hukumatining Yevrosiyo masalalari böyiça maxsus vakili Li Xuey bilan uçraşdi. Bu haqda 17 may, çorşanba kuni Ukraina taşqi işlar vazirligi ma’lum qildi.
Idora ma’lumotlariga köra, tomonlar Ukraina va Xitoy örtasidagi ham ikki tomonlama darajada, ham xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, şuningdek, Rossiya agressiyasini töxtatiş yöllarini muhokama qilgan.
"Kuleba XXR hukumatining maxsus vakiliga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiliş asosida barqaror va adolatli tinçlikni tiklaş tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berdi. U Ukrainaning hududlari yöqotilişini yoki mojaroning muzlatilişini nazarda tutuvçi heç qanday taklifni qabul qilmasligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Taşqi işlar vaziri, şuningdek, Xitoyning Kiyev tomonidan taklif etilgan “tinçlik formulasi”ni, Qora dengiz ğalla taşabbusini amalga oşiriş, yadro xavfsizligini ta’minlaş va boşqa muhim xalqaro sa’y-harakatlardagi iştiroki muhimligini qayd etdi.


















