18 may, payşanba kuni AQŞ ma’muriyatining yuqori martabali mulozimlaridan biri Rossiyaning Ukrainadagi uruşiga javoban AQŞ Yaponiyadagi G7 sammitida yangi sanksiyalar paketini taqdim etişi haqida xabar berdi. G7 boşqa davlatlari ham öz çeklovlarini e’lon qiladi.
"Katta yettilik"ning barça a’zolari yangi sanksiyalar joriy etişga va eksport nazoratini kuçaytirişga tayyorgarlik körmoqda. Hamkorlar nima qilayotgani haqida batafsil ma’lumot bermayman, ammo Qöşma Ştatlar özining muhim çora-tadbirlar paketini taqdim etadi", - deya Oq uy matbuoti amaldorga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Rasmiyning sözlariga köra, sanksiyalar Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib kiriladigan "jang maydoni uçun muhim ahamiyatga ega" tovarlar toifalariga jiddiy çeklovlar, şuningdek, Rossiya va uçinçi davlatlardan 70 ga yaqin taşkilotni tovarlarni Amerika Qöşma Ştatlaridan import qiliş imkoniyatidan ularni AQŞ Savdo vazirligining qora röyxatiga kiritiş orqali mahrum etişni öz içiga oladi.
Bundan taşqari, AQŞ 300 dan ortiq jismoniy şaxslar, kompaniyalar, kemalar va samolyotlarga qarşi sanksiyalar e’lon qiladi. Uşbu çora-tadbirlar "moliyaviy vositaçilar", Rossiyaning kelajakdagi energiya va toğ-kon quvvatlari va "uruşni qöllab-quvvatlaşga yordam beradigan boşqa sub’yektlar" harakatlariga nisbatan allaqaçon kiritilgan çeklovlarni çetlab ötişga qaratilgan böladi, dedi ma’muriyat rasmiysi.


















