Volodimir Zelenskiy: "Rossiya Qrimni o‘g‘irlay olmaydi"
“Rossiya nima qilsa ham, uni mag‘lubiyat kutyapti”, dedi Ukraina rahbari Qrim tatarlari deportatsiya qilinganining 79 yilligi munosabati bilan. "U Qrimni ham, davlatimizning boshqa qismini ham o‘g‘irlay olmaydi", deb va’da berdi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrashiga va o‘z mamlakatidan hech qanday hududni tortib ololmasligiga ishonch bildirmoqda. "Rossiya nima qilsa ham, uning tajovuzkorligi mag‘lub bo‘ladi. U na Qrimni, na davlatimizning boshqa qismini o‘g‘irlay olmaydi. Bu sizlar bilan bizning uyimiz", - dedi Zelenskiy 18 may, payshanba kuni Qrim tatarlari deportatsiyasining 79 yilligiga bag‘ishlangan qrim-tatar majlisi vakillari bilan uchrashuvda.
Davlat rahbari bugun Ukrainada 79 yil muqaddam genotsid jinoyati sodir etilgan Qrim-tatar xalqi deportatsiyasi qurbonlari xotirasini hurmat qilishini ta’kidladi. "Yuz minglab odamlar begona yurtga haydab yuborildi. Butun bir xalq o‘z uyidan mahrum bo‘ldi va Qrimda bu haqda gapirgan hamma narsani yo‘q qilishga harakat qilishdi", - dedi Volodimir Zelenskiy.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 18 may nafaqat motam kuni, balki Qrim-tatar xalqining huquqlarini tiklash va o‘z uyiga qaytish maqsadida birlashish kunidir. “Biz umumiy tariximizga butun xalqimiz uchun uyga ishonchli yo‘l ochadigan va butun yurtimiz ozodligining tayanchi bo‘ladigan umumiy g‘alabamiz kunini qo‘shish uchun hamma narsani qilamiz”, — dedi Volodimir Zelenskiy.
O‘z navbatida, Qrim-tatar xalqi majlisi raisi Refat Chubarov shunday dedi: “Rossiya-Ukraina urushining tugashi nafaqat davlatimizning hududiy yaxlitligini tiklash, balki biz hozir boshdan kechirayotgan narsalar takrorlanmasligi mexanizmini yaratishdir".
Mavzuga oid
10:20 / 11.11.2024
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024