76 yildan buyon öz yeridan ayrilib borayotgan jafokaş xalq – Falastin-Isroil mojarosi tarixi (1-qism)
|18:04 / 20.05.202395 48019 min
1947 yil noyabrda BMT Falastin hududida arab va yahudiy davlatlarini taşkil etiş haqida rezolyutsiya qabul qiladi. Oradan 5 oy ötgaç Isroil nomi bilan yahudiylar davlati tuziladi. Biroq rezolyutsiyani na Falastindagi arablar va na atrofdagi arab davlatlari tan olişmaydi. Örtada uruş boşlanadi va arablar yengiladi. Öşandan buyon ikki örtadagi mojaro davom etmoqda va Isroil Falastin yerlarini asta-sekinlik bilan egallab kelmoqda.
Yaqin tarixda Falastin xalqiday qiynalgan va xörlangan xalq bölmasa kerak. 1947 yilda BMT rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan va oradan 41 yil ötib taşkil etilgan bu davlat aholisi 76 yildan buyon qöşni Isroil tomonidan ezib kelinadi.
Ötgan yillar mobaynida Isroil Falastinning juda köp joylarini kuç bilan tortib oldi. Isroilning bu bosqinçilik siyosati bugun ham töxtagani yöq. Ular hozir ham Falastinga tegişli bölgan qaysidir hududdan arablarni quvib yuborib, u yerda isroilliklar uçun turar joylar qurmoqda.
Garçi BMT bir paytlar qabul qilgan rezolyutsiyasida Falastin davlatining çegaralarini aniq körsatib bergan bölsa-da, hanuzgaça bu davlat öz yerlariga egalik qila olmayapti.
Bundan taşqari, qançalik ğalati eşitilmasin, BMTning özi ham bu davlatni taşkilot safiga tölaqonli a’zo qilgani yöq. Falastin hozirda BMTda faqat kuzatuvçi maqomiga ega.
Ana şu örinda Isroilning falastinliklarga qilayotgan zöravonligi sabablari birmunça ayon böladi. Axir BMTday taşkilot köksidan itargan Falastinni Isroil nega ezğilab taşlamasin?!
Falastin ikkiga bölinişidan oldin şu körinişda bölgan.
BBC
Falastinning ikkiga bölinişi
Hozirgi Falastin va Isroil davlatlari joylaşgan hudud azaldan Falastin deb atalgan. Bir neça asr davomida Usmoniylar imperiyasi tarkibida bölgan Falastin Birinçi jahon uruşi tugagandan söng Britaniya mustamlakasiga aylanadi. Ayrim yahudiylarning tarixiy vataniga qaytişi ana şunda boşlangan.
Keyinçalik, Ikkinçi jahon uruşi paytida Hitler Germaniyasi tomonidan ötkazilgan qirğinlardan qoçgan yahudiylarning bir qismi ham Falastinga köçib keladi. Öşa kezlarda bu yerda yaşovçi arablar «tarixiy vatani»ga köçib kelayotgan yahudiylarga umuman qarşilik qilmaydi.
Uruş tugagandan keyin ham yahudiylar Falastinga köçib kelişda davom etadi. Şundan söng 1947 yilda BMT hududda arablar va yahudiylarning davlatini tuziş haqida öz rejasini e’lon qiladi.
Öşanda BMTga Falastinda bitta davlat tuziş taklifi ham beriladi. Biroq taşkilot yagona davlat tuzilsa yahudiylar va arablar örtasida qirğinbarot boşlanib ketadi degan xulosaga keladi va taklif rad etiladi.
Mavzuga oid
Yahudiylar BMTning rejasiga rozi bölişadi. Arablar esa Falastinning bölinişiga qarşi çiqişadi. BMTda 1947 yil 29 noyabrda Falastinni ikkiga böliş haqidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
Şundan söng aholining joylaşuviga qarab yahudiylarga 14,1 ming kilometr kvadrat, arablarga esa 11,1 ming kilometr kvadrat hududni beriş va Falastin örnida ikkita davlat tuziş haqida qaror qabul qilinadi.
BMT Falastin hududini bölganda arablar va yahudiylarga tekkan joy şu körinişda bölgan.
Birinçi uruş
BMT rezolyutsiyasi qabul qilingandan salkam olti oy ötib, 1948 yil 14 may kuni David Ben-Gurion tomonidan Isroil davlati tuzilgani e’lon qilinadi. Bunga rozi bölmagan Misr, Suriya, Transiordaniya (Iordaniyaning öşa paytdagi nomi), Livan, Iroq kabi arab davlatlari Isroilga bostirib kirişadi.
Ular Falastin arablarniki bölişi şart, yahudiylar istagan yerlariga ketişlari mumkin degan talab qöyişadi. Şu bilan birga Falastinga çegaradoş bölgan yuqoridagi davlatlar Falastin yerlari özlariga tegişli ekanini ham da’vo qilişadi.
Öşa paytda Isroilning ortida Ğarb davlatlari turgan edi. Qisqa muddatda ular Isroilni tiş-tirnoğigaça qurollantirişadi.
Isroil barça hujumlarni qaytaradi va 1949 yil iyulga kelib öz hududiga bostirib kirgan arab qöşinlarini yengadi. Oqibatda uruşda ğolib çiqqan Isroil Falastinning 1 300 kvadrat kilometr hududini bosib oladi.
Falastinning qolgan hududini Misr (Ğazo sektorini) va Iordaniya (Iordan daryosining ğarbiy qirğoği va Şarqiy Quddusni) öz nazoratiga oladi.
1947-1949 yillarda bölib ötgan bu uruşni Isroil mustaqillik uçun bölib ötgan uruş deb ataydi. Arablar uni Naqba – Falokat deb ataşadi. Aynan mana şu uruşdan söng Falastin xalqining fojiasi boşlanadi.
Aksariyat tarixçilar 1947 yilda arab davlatlarining Isroilga bostirib kirişi xatolik bölganini aytadi. Ularning fikriça, arab davlatlari Isroilga bostirib kirmasdan Falastin davlatining şakllanişida, BMT belgilab bergan çegaralarini örnatişda va boşqa işlarda yordam berganda holat boşqaçaroq keçişi ham mumkin edi.
Şoşmaşoşarlik bilan Isroilga hujum qilinişi va mağlubiyatdan keyin ham qöşni arab davlatlarining Falastinga yordam beriş örniga uning hududini öz nazoratiga olişi masalani çigallaştirib yuboradi.
Ikkinçi uruş
Birinçi uruşdan söng Isroil dunyoning turli burçaklaridan kelayotgan yahudiylarni qabul qilişda davom etadi va davlatçiligini mustahkamlaydi.
Arab davlatlarining aksariyatida hokimiyat almaşadi Britaniya yoki Fransiya bilan yaxşi aloqalarda bölgan eski hukmdorlar örniga yoşlari keladi.
Şundan söng arab davlatlarining ayrimlarini kapitalistik dunyodan köra sotsializm «ustuni» bölgan SSSR bilan yaxşi aloqa örnatişga uringan rahbarlar boşqara boşlaydi.
Jumladan, harbiy ta’limni SSSRda olgan Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir (1918-1970) va Suriya rahbari Hafiz Asad (1930-2000) sovetlar bilan döstona aloqada edi.
Jamol Nosir Misr rahbari bölar ekan, Isroilning bosqinçilik siyosatini keskin tanqid qila boşlaydi. Öşanda u «Imperializm qörğoni bölgan Isroil dengizga çöktiriladi», deb çiqadi.
1967 yil bahorda Misr va Suriya Isroil bilan çegaralariga köp sonli harbiylarini töplay boşlaydi. Isroil buni hujumga tayyorgarlik deb hisoblaydi va öşa yili 5 iyun kuni ogohlantiruvçi zarba beradi. Şu tariqa birinçi uruşdan rosa yigirma yil ötib yana Arab-Isroil uruşi boşlanadi.
Birinçi uruşdan farqli ravişda bu uruş uzoq davom etmaydi. Isroil olti kun içida arab koalitsiyasining harbiy-havo kuçlarini yakson qilib taşlaydi. Şu sababli bu uruş tarixga «Olti kunlik uruş» nomi bilan kiradi.
Şundan söng Isroil 1949 yildan buyon Iordaniyaga tegişli bölgan Iordan daryosining ğarbiy sohili, Misr nazoratida bölgan Ğazo sektori va Sinay yarimoroli, Suriyaning Jölan tepaliklari hamda Şarqiy Quddusni ham egallaydi.
1947-1949 yillarda bölib ötgan uruşdan söng Falastin hududi şu körinişga kelgan. Qolgan hududlari Isroil tomonidan egallab olingan.
BBC
1967 yilgi Olti kunlik uruşni arablar Naqsa — Takror deb ataşadi. Bu safargi mağlubiyat oldingisidan ham alamliroq böladi. Yana yuz minglab falastinlik arablar uy-joylarini taşlab qoçişga majbur böladi.
Bu uruşda Isroil bor-yöği 800 nafarga yaqin harbiylarini yöqotadi. Arab davlatlari esa 15 mingga yaqin askaridan ayriladi. Bundan taşqari, Isroil bosib olingan Falastin yerlari hisobidan öz hududini uruşgaça bölgan davrga nisbatan uç baravarga kengaytirib oladi.
1967 yilda bölib ötgan uruş payti. Falastinlik arabni asirga olgan isroillik askar
filin.ruskyhosting.ru
Falastin ikkiga bölingandan boşlab Isroilga tekkan hududda yaşovçi arablar uning hududini tark eta boşlaydi va qoçoqlarga aylanadi. Şuningdek, ikkita uruşdan söng Isroil tomonidan bosib olingan hududlardagi arablar ham qoçoqlarga aylanişadi.
Keyinçalik qabul qilingan BMT rezolyutsiyasiga muvofiq, öşanda Isroil öziga tekkan hududda yaşovçi arab qoçoqlariga uylariga qaytişlariga ruxsat berişi yoki ularga tovon tölaşi kerak edi.
Biroq isroilliklar bundan boş tortadi va hanuz şu masala ham mavhumligiça qolib kelyapti.
Bugun millionlab arablar Isroildan öz yerlarini da’vo qilişadi. Biroq özini yahudiy xalqining milliy öçoği deb hisoblaydigan Isroil bu da’volarni rad etadi va arab qoçoqlarni öz hududiga kiritmoqçi emas.
1967 yilda bölib ötgan uruşdan söng Isroil hatto Misrga tegişli bölgan Sinay yarimorolini ham bosib oladi.
gettyimages
Quddus muammosi
BMTning 1947 yildagi rezolyutsiyasida tarixiy jihatdan musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar uçun muhim bölgan Quddus xalqaro mandat nazoratidagi hudud deb e’lon qilinadi. Öşanda amalda şaharning şarqiy qismi arablar nazoratida qoladi.
Biroq Isroil BMT rezolyutsiyasini tan olmaydi va Olti kunlik uruşda ğalaba qozongaç şaharni töliq egallaydi. 1980 yilda esa Quddusni özining yagona va bölinmas poytaxti deb e’lon qiladi.
Sönggi yillarda bir qator davlatlar öz elçixonasini Tel-Aviv şahridan Quddusga köçirişi mojarolarni battar kuçaytiryapti.
Jumladan, 2017 yilda AQŞ prezidenti Donald Trampning AQŞ elçixonasini Tel-Avivdan Quddusga köçirişga qaror qilgani ommaviy namoyişlar va önlab kişilar ölimiga sabab bölgandi.
Şuningdek, AQŞning yaqin ittifoqçilari bölgan aksariyat Ğarb davlatlari ham birin-ketin öz poytaxtini Tel-Avivdan Quddusga köçirgan. Bu jarayon hanuz davom etmoqda.
Isroil bilan ötkaziladigan muzokaralarda Falastin 1967 yilgaça bölgan çegaralarga qaytiş, Iordan daryosining ğarbiy sohili va Ğazo sektorini Falastin davlati hududi deb tan olişni talab qilib keladi.
Biroq Isroil bunga könmaydi. 1967 yilgaça Quddusning şarqiy qismi arablar nazoratida bölgan. Şu sababli Isroil 1967 yilgaça bölgan çegaralarga qaytib, Quddusning bir qismini arablarga bermoqçi emas.
1967 yilda bölib ötgan uruşdan söng Isroil Quddusni töliq bosib oldi. stock.adobe.com
Arablarning Falastinga bölgan notöğri işlari
Yuqorida 1948 yilda bir neça arab davlatlarining Falastin davlatini şakllantiriş örniga uning yerlariga da’vogar sifatida Isroilga bostirib kirişi notöğri bölgani haqida yozildi.
Arab davlatlari keyin ham Falastinga pand berişda davom etişdi. Jumladan 1967 yilda bölib ötgan Olti kunlik uruşni ham arablar boşlaşdi, oxir-oqibat Falastin jabr körib yana bir qism yeridan ayrildi.
Tarixçilar fikriga köra, bir neça arab davlatlari azaldan özini Falastin himoyaçisi qilib körsatsa-da, aslida ular öz manfaatlari uçun harakat qilgan.
Ayniqsa antiisroil fronti qatnaşçilari bölgan Misr, Iordaniya va Suriya şu yöldan ketişgan.
Tarixçilar yuqoridagi davlatlar öz manfaatlarini «arab birligi» va «falastinliklarni qöllab-quvvatlaş» kabi balandparvoz bayonotlar bilan niqoblaşmoqda, deb hisoblaşadi.
1964 yilda Falastin ozodlik taşkiloti (FOT) tuzilgani e’lon qilinadi. Bu taşkilot Falastinning özida va unga qöşni Iordaniya, Livan, Suriya va Misr kabi davlatlardan turib Isroilga qarşi partizanlik hujumlari uyuştira boşlaydi.
Oqibatda Isroil FOT hujumlariga javob qaytariş asnosida yuqoridagi davlatlar hududlariga ham zarba beradi. Bu ularda Isroil bilan jiddiy harbiy töqnaşuv xavotirini uyğotadi.
Şu sababli avvaliga falastinliklarni qöllab-quvvatlaşini bildirgan qöşnilar biroz ötib ulardan «voz keça boşlaşadi». Jumladan, 1970 yilda FOT va Iordaniya örtasida kelişmovçilik yuzaga keladi.
Şundan söng Iordaniya öz hududidagi FOTga böysunadigan falastinlik qurolli guruhlarning barçasini quvib çiqaradi. Şu asnoda ikki örtada qurolli mojaro ham kelib çiqadi va Iordaniya harbiylari bir neça ming nafar falanstinlikni öldirişadi. Şundan söng falastinliklar Livanga köçib ötişga majbur bölişadi.
Öşa paytlarda arab davlatlarining birortasi Isroil bilan diplomatik aloqalarga ega emasdi. Bu birdamlikni birinçi bölib Misr buzadi. 1970 yilda Jamol Abdul Nosir vafot etadi va Anvar Saodat Misrga rahbar böladi.
Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir
gettyimages
1973 yilda navbatdagi Arab-Isroil uruşida arab koalitsiyasi yana mağlubiyatga uçraydi. Şundan söng Anvar Saodat Isroil bilan tinçlik böyiça muzokaralar ötkaza boşlaydi.
1979 yilda AQŞ prezidenti Jimmi Karter vositaçiligida Misr hamda Isroil örtasida tinçlik sulhi imzolanadi va diplomatik munosabatlar örnatiladi.
Şu tariqa, Anvar Saodat arab davlatlarining Isroilni tan olmaslik böyiça birligini buzadi. Uning bu işi arab dunyosining keskin noroziligiga sabab böladi. Oxir-oqibat Anvar Saodat 1981 yilda öldiriladi.
Keyinçalik, Isroil bilan juda katta hududda çegaradoş bölgan Iordaniya ham şu yölni tutadi. Avvaliga Isroil bilan tinçlik sulhini imzolaydi. Söng diplomatik aloqalar örnatadi.
Şundan söng FOT oldida Isroil bilan kelişuvlarga borişdan özga çora qolmaydi. 1988 yilda FOT rahbari Yosir Arofat BMTda sözlagan nutqida terrorizmni qoralaşi va taşkilot bundan buyon Isroilni tan olişini ma’lum qiladi.
Şundan söng Falastin va Isroil örtasida AQŞ vositaçiligida bir neça marta muzokaralar ötkaziladi. Biroq bu muzokaralardan Falastin milliy ma’muriyat maqomini olganini aytmaganda aytarli heç qanday naf bölmaydi.
1990-yillar boşlarida Isroilning öşa paytdagi rahbari Işoq Rabin va Yosir Arofat örtasida bir neça marta muzokaralar ötkaziladi va bir neça kelişuvlarga erişiladi.
Işoq Rabin va Yosir Arofat AQŞ prezidenti Bill Klinton bilan birga. Foto: BBC
Jumladan, ilk bor Falastin milliy ma’muriyati va hukumati taşkil etiladi. Ğazo sektori va ğarbiy sohilning kiçik qismi Falastinning ma’muriy nazoratiga ötadi. Şu bilan birga, taşqi çegaralar nazorati Isroil nazoratida qoladi.
Işoq Rabin va Yosir Arofat örtasida ötkazilgan muzokaralarda mustaqillik haqida gap yöq edi. Bu mavzu keyingi muzokaralarda muhokama qilinişi kerak edi.
Biroq 1995 yilda Iordaniya bilan tinçlik kelişuvi imzolagan va falastinliklar bilan sulh tuzişga yöl oçgan Itsxak Rabin isroillik qotil tomonidan otib öldiriladi. Şundan söng Falastin va Isroil örtasidagi sulhga erişiş haqidagi bitim ikkinçi darajaga tuşib qoladi.
Işoq Rabinning ölimidan söng ham yaraşuv jarayoni davom ettiriladi. Biroq ular ham natijasiz tugaydi. Jumladan, 2000 yilda Yosir Arofat va Isroilning yangi boş vaziri Ehud Barak AQŞ prezidenti Bill Klinton vositaçiligida AQŞdagi Kemp-Devidda muzokaralar ötkazişadi.
Bu muzokaralarda tölaqonli Falastin davlati taşkil etiş haqidagi şartnoma ham imzolanişi kutilgandi. Biroq bunday bölmaydi. Muzokaralarda Yosir Arofat talab qilgan aksariyat bandlar, jumladan Şarqiy Quddusni Falastinga beriş, falastinlik qoçoqlarni uylariga qaytariş, Falastin hududidan Isroil qöşinlarini olib çiqiş kabilar rad etiladi. Oqibatda muzokaralar natijasiz tugaydi.
Yoxud Barak va Yosir Arofat Bill Klinton bilan birga. Foto: stock.adobe.com
2000 yildan söng Isroil va Falastin örtasida tinçlikka erişiş istiqboli tobora uzoqlaşa boşladi. Orada Işoq Rabindan söng Isroil boş vaziri bölgan Ariel Şaron 2005 yilda Falastin va Isroil örtasida «bir tomonlama ajraliş» rejasini e’lon qiladi.
U reja doirasida Ğazo sektoriga öz taqdirini özi hal qiliş imkonini beradi. Sektordan Isroil harbiylarini olib çiqadi. Isroilliklar tomonidan noqonuniy qurilgan yaşaş maskanlarini buzdiradi.
Biroq barçasi Ğazoda HAMAS harakati FOT vakillarini siqib çiqarib hukumat tepasiga kelgaç barbod böladi. Öşanda HAMAS tomonidan Isroilga raketa zarbalari beriladi. Şundan söng Şaron öz rejasini amalga oşirişni töxtatadi va Ğazo sektoriga iqtisodiy qamal joriy etildi.
Yosir Arofatdan keyingi böliniş
Falastin ozodlik taşkiloti va Falastin milliy ma’muriyatining birinçi raisi, uzoq yillar davomida Falastin mustaqilligi uçun kuraşgan Yosir Arofat 2004 yilda 75 yoşida vafot etdi.
Şundan söng Mahmud Abbos ma’muriyat raisi böladi. Biroq Falastin boşqaruvi Mahmud Abbosga ötgaç Yosir Arofat davridagi birlik kuçsizlanadi.
Jumladan, Ğazo sektorida HAMAS taşkiloti hukmronga aylanadi va bu Falastinning kuçsizlanişiga olib keladi.
Mahmud Abbos va HAMAS yetakçisi Xolid Maşal
Öşandan buyon HAMAS jangarilari tez-tez Ğazo sektoridan Isroilga raketa zarbalari beradi. Öz navbatida, Isroil bunday hujumlarga javoban Ğazo sektorini aviatsiya yordamida bombardimon qiladi.
HAMAS rahbarlari Mahmud Abbos va uning ma’muriyati bilan ham turli kelişmovçiliklarga borgan paytlar ham bölgan.
Isroil Ğazo sektoridagi HAMAS harakatiga zarba beriş uçun 2008, 2012 va 2014 yillarda uç marta harbiy operatsiya ötkazadi. Bu ham Falastin va Isroil örtasidagi keskinlikni yanada kuçaytiradi.
Söngi yillarda falastinliklar orasida murosaga rozi bölmaydigan HAMAS harakati ommalaşmoqda. Bundan foydalangan taşkilot Ğazo sektorida hukmron bölgaç öz hukumatini joriy etadi. Şu tariqa, Falastin ikkiga ajraladi: Ğazoni HAMAS, ğarbiy qirğoqdagi hududni FOT boşqarmoqda.
Falastindagi bugungi vaziyat
Sönggi yillarda Isroil Falastinning ğarbiy qirğoqdagi hududlarida falastinliklarni quvib çiqarib, yahudiy aholi uçun uy-joylar qurişda davom etmoqda.
Falastin hududidining qisqarib kelişi
Ğazo sektorida esa HAMAS hukmron va ular vaqti-vaqti bilan Isroilga raketa zarbalari bermoqda. Isroil ham javob çoralarini körmoqda.
Oxirgi eng jiddiy töqnaşuv 2018 yil kuzida sodir böldi. Öşa yili 11 noyabr kuni Ğazodan Isroil hududiga qariyb 400 ta raketa uçirilgan.
Bunga javoban 12 noyabr kuni Isroil samolyotlari Ğazodagi yuzlab obektlarga hujum uyuştiradi. Öşanda nizolar oqibatida ikki tomondan kamida bir neça kişi halok böladi. Ğazodagi köplab binolarga ziyon yetadi.
Ğarbiy sohil hududidagi sönggi töqnaşuvlar 2023 yil aprelda sodir böldi. Musulmonlar uçun muqaddas oylardan biri bölgan Ramazon oyida Isroil harbiylari Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirişdi.
Isroil harbiylari Al-Aqso masjidida
stock.adobe.com
Şundan söng falastinliklar Livan janubidan Isroil hududiga raketa yöllaşdi. Bunga javoban Isroil Ğazo sektori va Livan janubiga harbiy samolyotlar yordamida hujum qildi.
Ayni damda vaziyat tarang holda qolmoqda. Isroil hozirça Falastindan tortib olgan yerlarini qaytarib bermoqçi emas. Şu sababli öşa hududlarga isroilliklar uçun uy-joy qurilmoqda.