Unga köra, Zelenskiy va Bayden xalqaro qiruvçi samolyotlar koalitsiyasini tuziş va “köplab boşqa masalalarni” muhokama qiladi.
"Bugun biz rasmiy ravişda samolyotlar koalitsiyasini yaratiş haqida aytişimiz mumkin va bu Ukrainada yaqin orada osmonimiz, şaharlarimiz va fuqarolarimizni himoya qiliş uçun zarur bölgan hamma narsa böladi, degani", deya ta’kidlab ötdi Yermak.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G7 sammitida şaxsan iştirok etiş uçun Xiroşimaga uçadi. Bu haqda 19 may kuni Amerikaning köplab ommaviy axborot vositalari, jumladan, The New York Times naşri nomi oşkor etilmagan rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.
Financial Thimes gazetasining yozişiça, Zelenskiy yakşanba kuni Tokioga keladi.
Ma’lumotni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov tasdiqladi. «U yerda juda muhim işlar hal qilinadi va şuning uçun bizning manfaatlarimizni himoya qiliş uçun prezidentimizning mavjudligi mutlaqo zarur», dedi u davlat televideniyesiga bergan intervyusida.
Avvalroq Yaponiya hukumatidagi manbalar Ukraina rahbari G7 yetakçilari uçraşuvida virtual iştirok etişi haqida xabar bergan edi. Buning uçun sammitga qöşimça sessiya qöşildi. Zelenskiyni Kiyevga safari çoğida taklif qilgan Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida ham u uçraşuvda onlayn tarzda sözlaşini aytdi.
Zelenskiy ötgan hafta Yevropaning bir qator poytaxtlariga taşrif buyurdi va ittifoqçilar bilan Kiyevga yangi qurollar yetkazib beriş böyiça kelişib oldi.

















