«Şaharning katta qismida politsiyani deyarli uçratmaysiz...»

Jahondagi iste’mol mahsulotlari narxlari, jinoyat körsatkiçi haqidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi Numbeo portali Venesuela poytaxti Karakasni jahondagi eng xavfli şahar deya topgan.

Karakasda 2 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Aholining milliy va irqiy tarkibi öta xilma-xil. Köpçilik qismi ispanlar va hindular aralaşuvidan tarkib topgan metislardir. Şuningdek, yevropaliklar avlodlari, qora tanlilar ham istiqomat qiladi.

Aytilişiça, Karakasda jinoyatçilik bilan vaziyat şu darajaga kelib qolganki, bu şaharda yolğiz va qöriqçisiz sayohat qiliş, öz jonini katta xavfga qöyiş bilan teng.

Venesuela bir neça yillardan beri kuçli iqtisodiy inqirozni boşdan keçirmoqda. Jahondagi eng katta neft zaxiralarini özida jamlagan davlat epsiz boşqaruv va tuturiqsiz siyosat oqibatida jar yoqasiga kelib qoldi. Natijada ahvol juda yomonlaşib, jinoyatçilik darajasi keskin oşib ketdi.

Oxirgi beş yilda Karakasda har ming kişiga örtaça bitta qotillik töğri keladi. Şaharda har kuni önga yaqin kişi qotillik va banditlar hujumi sabab qurbon böladi.

Karakasda aholining 70 foizi xaroba uylarda istiqomat qiladi. Mutaxassislarga köra, şaharda jinoyatçilikning keskin ortib ketişiga uç asosiy sabab bor: moliyaviy inqiroz, işsizlik va tuşunarsiz iqtisodiy-ijtimoiy siyosat.

Karakasning katta qismida şunçaki köça qonunlari amal qiladi. Bu yerlarda politsiyani aytarli uçratmaysiz. Juda ulkan jinoyatlar yoki yirik operatsiyalar vaqtidagina ularni körişingiz mumkin. Ijtimoiy munosabatlar öz holiga taşlab qöyilgan.

«Aksariyat mahallalarga elektr yetib bormagan. Ayniqsa keçqurun çiroq yöq xaroba mahallalardan ötib borayotganda, sizga birov hujum qilmasligiga yoki tirik qolişingizga birov kafolat bera olmaydi», – deydi Karakasga taşrif buyurgan rossiyalik bloger Ilya Varlamov.

«Ugo Çaves davrida tartib-intizom bor edi. Maduro iqtisodiy inqiroz fonida politsiyadagi ştatlarni qisqartirdi. Aholi ham politsiyaga işonmay qöydi. Endi Karakasda köçada, metroda, bekatda — qayerda qulay bölsa sizni tunaşga yoki öldirişga urinişadi. Hukumat faqat boy kvartallar, taşkilotlar binolari joylaşgan hududlarni nazorat qila oladi», deya yozadi bloger.