Navoiy şahrida 17 may kuni fuqaro taksida boşqa yölovçilarni kutişni xohlamasdan, maşinani olib qoçdi. Tergov departamenti holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 35 yoşli R.F. «102» qisqa raqamiga qönğiroq qilib, unda u Nexia’da kirakaşlik qiliş uçun yölovçi kutib turgan vaqtida noma’lum erkak kelib, uni Qiziltepa tumani markaziga olib borib qöyişini söraganini, u rozi bölganidan söng mijoz avtomaşinaga ötirganini aytgan.
Şundan söng haydovçi boşqa yölovçilarni izlaşni davom ettirgan, biroq uşbu mijoz uning avtomaşinasiga ötirib, uning boşqa yölovçilarga çalğiganidan foydalanib, transport vositasini olib qoçgan. Haydovçi esa uşbu şaxsni aniqlaşda va avtomaşinasini topişda amaliy yordam berişni söragan.
Olib borilgan tezkor çora tadbirlar natijasida jabrlanuvçiga tegişli bölgan avtomaşina Karmana tumani hududidan ötuvçi M-37 avtomobil yölining 187-kilometr oraliğida noma’lum şaxs tomonidan boşqarib ketilayotgan vaqtda Navoiy viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlangan.
Uşbu fuqaroning şaxsiga aniqlik kiritilganda u Qiziltepa tumanida yaşovçi şizoaffektiv buzilişi aralaş tipi taşxisi bilan Asab va ruhiy kasalliklar dispanserida röyxatda turuvçi 34 yoşli K.I. ekani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan. Tergov davom etmoqda.

















