Oldinroq Toşkent şahri Yunusobod tumani 8-mavzesida mahalla hududini yangi qurilişdan himoya qilmoqçi bölgan aholi hamda quriliş firmasi işçilari örtasida janjal kelib çiqqani xabar qilingandi.
Mojaro 17 may kuni sodir bölgan: quriliş firmasi köp qavatli uy quriş maqsadida hududdagi avtoturargohni örab ola boşlagan, mahalla aholisi esa bunga keskin qarşilik körsatgan. Oqibatda firma işçilari va aholi örtasida ziddiyat kelib çiqqan.
Holatga Toşkent şahar hokimligi izoh berdi. Hokimlik agar aholi rozi bölmasa, hududda quriliş bölmasligini ta’kidlagan.
“Holat Toşkent şahar hokimligi va vakolatli davlat taşkilotlari tomonidan manzilga çiqib atrofliça örganildi.
Aniqlanişiça, Toşkent şahar hokimining 2018 yil 5 fevraldagi 187-sonli qarori bilan “FRANCHISING INVEST” MÇJga Yunusobod tumani, 8-mavze 17, 19 va 20-uylar oraliğidagi 1,23 gektardan iborat yer maydoni mavjud avtoturargohni öz hisobidan buziş va örnatilgan tartibda yetkazilgan zararlarni qoplaş hamda aholining roziligini oliş şarti bilan köp qavatli bino quriş uçun ajratib berilgan.
Guvohi bölayotganingizdek, aholi roziligini oliş muhim şart sifatida belgilangan. Şunga köra, quruvçi kompaniya bu hududdagi bunyodkorlik işlarini şu hududda yaşovçi aholining roziligi bilangina boşlaşi mumkin.
19 may kuni quriliş taşkiloti Toşkent şahar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi tomonidan qurilişni aholining roziligisiz boşlamaslik, aks holda loyiha va loyiha oldi hujjatlari bekor qilinişi xususida rasman ogohlantirildi”, — deyiladi hokimlik izohida.
Toşkent şahar IIBB xabariga köra, hududda quriliş bölişiga norozilik bildirgan fuqarolarga qarşi 1991 yilda tuğilgan F.J., 1992 yilda tuğilgan S.X., 1993 yilda tuğilgan X.N. baqir-çaqir qilib, jamoat tartibini buzişgan. Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudi tomonidan ularga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

















