Qöşma Ştatlar 1 haftadan keyin defolt xavfiga duç kelişi mumkin. Bu nafaqat Qöşma Ştatlarda, balki butun dunyoda çuqur moliyaviy inqirozga olib keladi.

AQŞning ehtimoliy defoltiga 1 hafta qolganiga qaramay, demokratlar va respublikaçilar hali ham davlat qarzi limitini oşiriş böyiça kelişuvga erişa olişmayapti. 

Jo Bayden Kongressni kongressmenlarning özlari belgilagan davlat qarzi limitini heç qanday şartlarsiz oşirişga çaqirmoqda. Şu bilan birga, Vakillar palatasi ösib borayotgan budjet taqçilligini nazorat ostiga oliş uçun xarajatlarni keskin qisqartirişni öz içiga olmagan kelişuvni qöllab-quvvatlamasligi mumkin. Respublikaçilar Kongressning quyi palatasida biroz köpçilikka ega.

Bayden respublikaçilarni defolt tahdididan vosita sifatida foydalanmaslikka çaqirmoqda. Şu bilan birga, u konstitutsiyaga Kongressni çetlab ötib, davlat qarzi limitini oşiriş imkonini beruvçi 14-tuzatişdan foydalanişi mumkinligini istisno etmadi. Baydenning sözlariga köra, bu huquqiy ziddiyatga olib keladi, ammo u hali ham şunday variantni körib çiqmoqda.

AQŞning defolti misli körilmagan hodisa bölib, global moliyaviy inqirozni keltirib çiqarişi mumkin. AQŞ davlat qarzining çegarasi hozirda 31,4 trillion dollarni (28,6 trillion yevro) taşkil etadi. U allaqaçon tugagan, şuning uçun Moliya vazirligi öz hisob-kitoblarini tölaş uçun kapital zaxiralarini jalb qilişga majbur.

Bundan oldin AQŞ prezidenti Jo Bayden 21 may kuni Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvda Ukrainaga 375 million dollarlik yangi qurol-yaroğ yetkazib berilişini e’lon qilgandi. Töplamga “öq-dorilar, artilleriya va zirhli texnikalar” kiradi, dedi Bayden Xiroşimadagi G7 sammiti çoğida.

Pentagon veb-saytida xabar qilinişiça, yangi yetkazib berişga HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun qöşimça öq-dorilar, 155 mm va 105 mm artilleriya snaryadlari, TOW tankka qarşi raketa tizimlari uçun öq-dorilar, Javelin va AT-4 köçma raketa komplekslari, zirhli tibbiy maşinalar, köprik tizimlari, oğir texnikani olib ötiş yuk maşinalari, teplovizorlar, ehtiyot qismlari va dala uskunalari kiradi.

Qurol-yaroğ Ukrainaga AQŞ Mudofaa vazirligining öz zaxiralaridan ötkaziladi. "Qöşma Ştatlar ittifoqçilari va hamkorlari bilan Ukrainaga jang maydonidagi ehtiyojlarini hamda xavfsizlik böyiça uzoq muddatli ehtiyojlarini qondiriş uçun işlaşda davom etadi", deya ta’kidlab ötdi AQŞ mudofaa idorasi.