Davlat aktivlarini boşqariş agentligi prezident qarori ijrosi doirasida 2023 yilda ommaviy savdolarga çiqariladigan don korxonalaridagi davlat uluşi (davlat aktivi) ommaviy savdolari jarayonlari boşlanganini e’lon qildi.

Bunda, birinçi bosqiçda talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnaşiş uçun talab qilingan hujjatlarning töliqligi, zakalat pulining kelib tuşganligi, davlat aktividan kelgusida foydalaniş yönalişlariga qöyilgan talabdan kelib çiqib talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi körib çiqiladi.

Ikkinçi bosqiçda talabgorning tijorat takliflari (sotib oliş narxi va tölovni amalga oşiriş muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini taşkil etişi) hamda tölov qobiliyati baholanadi.

Talabgorlar tomonidan bir yoki bir neçta davlat aktivi böyiça takliflar taqdim etilişi mumkin. Bunda, har bir davlat aktivi böyiça takliflar alohida beriladi.

Kamida beş yil davomida don korxonalarining asosiy faoliyat turi saqlab qolinadi va mavjud don saqlaş siğimlari kamaytirilmaydi. Qonunçilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uçun saqlanadigan don hajmlarini şartnomalar asosida haq tölaş evaziga saqlab beriladi.

Davlat aktivi bölib tölaş şarti bilan sotilganda dastlabki tölov summasi 35 foizdan kam bölgan holatlarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilangan tartibda yillik foizlar hisoblanadi. Davlat aktivini sotib oliş böyiça birinçi bosqiçda bitta taklif kelib tuşgan hollarda, savdolar ötkazilmagan deb e’tirof etiladi.