Festival gullarga burkangan mashinalar paradidan boshlandi. Namangan xalqaro aeroportidan yo‘lga chiqqan mashinalar korteji Islom karimov, Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘igacha harakatlandi va kortej yetib kelishi bilan bayramning tantanavor ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Festival avvallari faqat Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘da bo‘lib o‘tar edi. Bu gal bayramning bir qismi Afsonalar vodiysi tematik parkiga ham ko‘chirildi.
Mutasaddilarning aytishicha, Namangan shahri bo‘ylab va bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan joylar va konstruksiyalarga 200 turdagi 30 million donadan ortiq gul ko‘chatlari ekilgan.
Gullardan tayyorlangan konstruksiyalarda o‘ziga xos dizayn namunalarini ko‘rish mumkin. Oldinda madaniy tadbirlar, yarmarkalar, musobaqalar bo‘lishi rejalashtirilgan. Festival 21 iyungacha davom etadi.
Quyida – Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati taqdim etgan suratlar.





























