Uçraşuvda Muhammad Abdulsalom kengaş faoliyati hamda erişgan natijalar haqidagi ma’lumotlarni örtoqlaşar ekan, Özbekistonning Islom sivilizatsiyasiga qöşgan hissasini alohida e’tirof etdi. U, xususan, Imom al-Buxoriy, Imom Moturidiy va Iso at-Termiziylarning islom dinini asl mazmunini tarğib qiliş, saralangan hadislarni töplaşga qöşgan hissalarini ta’kidladi.

Muloqot çoğida Musulmon oqsoqollari kengaşi boşqaruvi a’zoligiga bugungi kunda islom olamida e’tirof qozongan nufuzli ulamolar kiritilgani, Özbekiston zaminining islom sivilizatsiyasidagi yuksak örnini inobatga olgan holda boşqaruv a’zolari safidan joy olgan mamlakat vakili Kengaşning nufuzli tadbirlardan birida alohida e’lon qilinişi bildirildi.

Musulmon oqsoqollar kengaşi mustaqil xalqaro taşkilot bölib, 2014 yil iyul oyida Abu Dabida taşkil etilgan. Kengaşning asosiy maqsadi musulmon olamida tinçlikni tarğib qiliş, nizolarni töxtatişda birgalikda harakat qiliş hisoblanadi. Kengaş boşqaruvi a’zolari özining mustaqilligi va mö’tadilligi bilan nufuzga erişgan musulmon olimlari va ekspertlaridan iborat böladi.

Misrdagi Al-Azhar masjidi va universiteti imomi, doktor Ahmad al Toyib uşbu Kengaş boşqaruvining raisi hisoblanadi.