Amerikaning Facebook ijtimoiy tarmoğini öz içiga olgan Meta Platforms korporatsiyasi bilan şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça mojaroda Yevropa Ittifoqi rekord darajada jarima solişga qaror qildi. 22 may, duşanba kuni Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qiliş komissiyasi (DPC) foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlariga notöğri munosabatda bölganligi sababli kompaniyani 1,2 milliard yevro miqdorida jarimaga tortiş qarorini e’lon qildi. Bayonotda aytilişiça, Yevropa Ittifoqi sudi oldingi qaroriga qaramay, Meta yevropalik foydalanuvçilarning “asosiy huquq va erkinliklari uçun xavflarni bartaraf eta olmadi” va ularning ma’lumotlarini AQŞga berişda davom etmoqda.

Bu Yevropada şu vaqtgaça solingan eng katta jarima bölib, Amazon’ga 2021 yilda qöyilgan avvalgi maksimal jarima - 746 million yevrodan sezilarli darajada oşib ketdi.

Öz navbatida, Meta rahbariyati "sanoqsiz boşqa kompaniyalar uçun xavfli pretsedent" yaratib, "asossiz va keraksiz jazo" haqida e’lon qildi va bu qaror ustidan şikoyat qiliş niyatini bildirdi.

Meta kompaniyasining Yevropa ştab-kvartirasi Dublinda joylaşgan, şuning uçun korporatsiyaning Yevropa qonunçiligiga muvofiqligi Irlandiya DPC zimmasiga yuklanadi. 2020 yildan boşlab idora Facebook’da röyxatdan ötgan yevropaliklarning şaxsiy ma’lumotlarini AQŞga beriş muammosi bilan şuğullanadi. U korporatsiyaga bunday amaliyotlarni töxtatiş uçun beş oylik muddat berdi.