Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyundan tibbiyot muassasalari tug‘ilganlik FHDYoda qayd etilgani haqida QR-ma’lumotnoma beradi
2023 yil 1 iyundan tibbiyot muassasalari tomonidan tug‘ilganlik FHDYo bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.
Ushbu ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Guvohnoma esa fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi.
Bola tug‘ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni, jumladan, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo bo‘limiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYo bo‘limi tug‘ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Tibbiyot muassasalari ma’lumotnomani bolaning ota-onasiga taqdim etadi.
Otalikni belgilash va yolg‘iz ona arizasiga asosan tug‘ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilishini qayd etishda bevosita FHDYo bo‘limiga murojaat qilinishi lozim.
Mavzuga oid
20:34 / 16.10.2025
Is gazidan zaharlanishga qarshi birinchi samarali vosita ishlab chiqildi
14:40 / 15.10.2025
O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarining birinchi guruhi Italiyaga ishlash uchun jo‘nab ketdi
13:40 / 13.10.2025
Koreyadagi elchixona FHDYoni qayd etish bo‘yicha xorijdagi elchixonalar orasida 1-o‘rinda turibdi
19:06 / 05.03.2025