Aleksey Navalniyning Arxangelsk ştabi sobiq rahbari va Şiyesdagi çiqindixona qurilişiga qarşi namoyişlar iştirokçisi Andrey Borovikov ikki yildan ortiq qamoqda ötirganidan söng Arxangelsk yaqinidagi koloniyani tark etdi. Bu haqda 23 may, seşanba kuni mahalliy “29.ru” naşri xabar berdi.
2021 yilda 32 yoşli Borovikov pornografiya tarqatganlikda ayblangan, u olti yil oldin Rammstein nemis guruhining qöşiğiga havolani "Vkontakte" ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga qöşgan. Uning özi qözğatilgan işni siyosiy iş deb baholadi. Faol 2,5 yilga qamalgan, keyinroq sud uning öğli tuğilişi munosabati bilan jazoni uç oyga qisqartirgan.
Andrey Borovikov jazoni Arxangelsk viloyatining Lesnaya Reçka qişloğidagi 7-sonli koloniyada ötagan. Ötgan yilning noyabr oyidan boşlab u muntazam ravişda JIZOga jönatilgan va fevral oyida koloniyadagi qattiq şaroitda saqlaş rejimiga ötkazilgan, deb yozadi "OVD-Info". Mart oyida Navalniyning tarafdori ozod etilganidan keyin ma’muriy nazoratga olinişi belgilandi.

















