Madaniyat va  turizm vazirligi ma’lumotiga köra, törtinçi bor xalqaro darajada taşkil etilayotgan uşbu musobaqa nafaqat Qoraqalpoğiston, balki Özbekiston miqyosidagi köpgina xorijiy turistlarni jalb qiluvçi öziga xos tadbir hisoblanadi. 

Sayyohlarni Qoraqalpoğiston Respublikasiga bölgan safarini uzaytiriş maqsadida, bu yilgi tadbir jarayonlari 4 kun davom etadi. Kunduzgi vaqtlari sport avtomobillari, Baggi va mototsikllarda ekstremal musobaqalar, oşpazlarning gastronomik tomoşalari bölib ötsa, keçqurun konsert dasturlari taşkil etiladi.

Musobaqa trassasining umumiy uzunligi 425 kilometr bölib, uşbu masofaning aksariyat qismi Ustyurt tekisligi va Orol dengizi qurigan tubidagi ekstremal (yölsiz) hududlardan iborat. Motokross va avtokross musobaqalari esa maxsus trassada ötkaziladi. Musobaqalarda dvigatel hajmi 1600 sm3 va 2000 sm3 bölgan maxsus uskunalangan sport avtomobillari, şu bilan birga dvigatel hajmi 1600 sm3 bölgan Baggi sport avtotransportlari hamda dvigatel hajmi 152 sm3 dan 500 sm3 gaça bölgan mototsikllar iştirok etişadi.

Taşkilotçilarga  köra, Rally Muynak ekstremal avtomobil musobaqalari doirasida sport avtomobillar, Baggi va mototsikllarning texnik jihatdan tayyorlaş va körgazmali çiqişlar bölib ötadi.