O‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgor tavsiyanomasi bu yil ham amal qiladi
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta’lim muassasasiga qabul uchun amal qilishi belgilangan.

Foto: Kun.uz
O‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘g‘iloy O‘rozova ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta’lim muassasasiga qabul uchun amal qilishi belgilangan. Shunga muvofiq, o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi.
Qayd etilishicha, har bir fuqaroning JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud bo‘lib, bu raqam har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasport yangisiga almashtirilganda ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami o‘zgarmaydi. O‘tgan yili tavsiyanoma olib, OTMga kira olmagan talabgor xotin-qizlarning bugungi kunda familiyasi o‘zgargan yoki pasporti almashgan bo‘lsa ham oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganda tavsiyanomadan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanishi, bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shilishi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanishi belgilangan. Shunga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha mehnat staji hisoblanayotganda tavsiyanoma olish istagida bo‘lgan talabgor ayollar bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda bo‘lsa, ushbu davr ish stajiga qo‘shiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06
Mavzuga oid

15:10 / 19.11.2024
Ayrim bitiruvchilarga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi

17:08 / 29.07.2024
5 yil stajga ega xodimni o‘qishga tavsiya etadigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

07:50 / 31.05.2024
Ehtiyojmand xotin-qizlardan OTMda o‘qish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi

15:25 / 17.06.2023