Joriy yilning 24-26 may kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğli hududlarida va Qirğiziston, Tojikiston respublikalari bilan çegaradoş hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda «Özgidromet» boş direktori Şerzodxöja Habibullayev Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Quyida sel xavfi kutilayotgan hududlar röyxati keltiriladi:

Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;

Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;

Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

«Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolarni, dam oluvçilarni hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişlarini söraymiz», deyiladi xabarda.