Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar:

  • o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
  • tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
  • o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi kerak.

Talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
  • mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
  • o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

1-7 iyun kunlari tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan talabgorlar  tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi