Yevroittifoqning Rossiyaga qarşi sanksiyalari qabul qilinişi va Ukrainaga yordam berilişi ma’qullanişini sekinlaştirayotgan Vengriya, energetika sohasida Rossiyaga qaramlikni kamaytiriş maqsadida Qatar bilan gaz sotib oliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Vengriya boş vaziri Viktor Orban muzokaralar haqida Bloomberğga 23 may, seşanba kuni Qatar iqtisodiy forumi doirasida bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Vengriyaning energiyaga bölgan ehtiyojining yarmi uzoq muddatli şartnomalar böyiça Rossiyadan qoplanadi", dedi Orban. "Qolgan yarmi uçun biz boşqa hamkorlarni topişimiz kerak. Butun dunyo böylab hamkorlarni qidirmoqdamiz va Qatar biz uçun potensial hamkor", - deya qöşimça qildi u.
Fors körfazidagi bu davlat bilan muzokaralar hali ham davom etmoqda. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, yetkazib beriş 2026 yildan boşlanadi, dedi Vengriya vazirlar mahkamasi rahbari.
YeI davlatlari Moskvaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan söng Rossiya gazi va neftiga qaramlikni kamaytirişga kirişgan bir paytda, Orban Rossiya bilan qöşimça bitimlar tuzdi, deb yozadi naşr. Bloomberg aprel oyida Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyartoning Moskvadagi uçraşuvlaridan söng, kelgusi qiş oldidan Vengriya, agar kerak bölsa, mavjud uzoq muddatli şartnomaga qöşimça ravişda köproq Rossiya tabiiy gazidan foydalanişi mumkin bölişi haqida yozgan. Unga köra, Budapeştga qöşimça yetkazib beriş asosan “Turk oqimi” gaz quvuri orqali amalga oşiriladi.

















