Ukraina qöşini qarşi hujumni allaqaçon boşlab yuborgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak Italiyaning RAI telekanali Tg1 körsatuvi uçun bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Qarşi hujum bir neça kundan buyon davom etmoqda», — deya Podolyakning sözlarini keltiradi kanal. Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi front 1,5 ming kilometrga çözilişi, ammo «alohida operatsiyalar allaqaçon boşlangani»ni qayd etgan.

Podolyak yana bir bor, Ukraina ittifoqçilar bergan qurollarni Rossiyadagi nişonlarga zarba beriş uçun qöllamasligi, ular faqat «RF bosib olgan hududlar, jumladan Qrim va Donbass»da işlatilişini ma’lum qilgan.

Bundan oldinroq Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar Ukraina qurolli kuçlari hamon Baxmut şahrining bir qismini nazorat qilayotganini, şahar şimoli va janubida esa ukrain harbiylari oldinga yurayotganini aytgandi.