25 may, payşanba kuni Vaşingtondagi sud ikki yil avval Kapitoliyga bostirib kirganlik işi böyiça öng Oath Keepers guruhi asosçisi Styuart Roudzni 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu 1000 dan ortiq ayblanuvçiga ayblov e’lon qilingan uşbu iş böyiça hozirgaça qöllangan eng oğir jazodir. Ayblov Roudzni 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilişni talab etdi. 

Sobiq desantçi, keyinçalik advokat Styuart Roudz sud jarayonida özini «siyosiy mahbus» deb atadi. Noyabr oyida hakamlar hay’ati uni «isyonkor fitna»da aybdor deb topdi. Qöşma Ştatlarda uşbu yuridik atama mamlakat hukumatini kuç bilan ağdarişga urinişni ham öz içiga oladi. 

2021 yilning 6 yanvarida öşa paytdagi prezident Donald Trampning minglab tarafdorlari AQŞ Kongressi amaldagi davlat rahbari Jo Baydenning prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganini tasdiqlamasligi uçun Kapitoliy binosiga bostirib kirişdi. Natijada tört nafar tartibsizlik iştirokçisi va bir politsiyaçi halok böldi. Yana 140 nafar politsiyaçi yaralangan, ularning ba’zilari keyinçalik öz joniga qasd qildi. 

Styuart Roudz öşa paytda Kapitoliy hududida edi, lekin Kongress binosiga kirmagan. 2009 yilda u tomonidan asos solingan Oath Keepers taşkiloti a’zolari AQŞ ma’muriyatini ularning huquqlarini poymol qilişda ayblamoqda. Guruh politsiyaçilar, askarlar va hamşiralarni yollaş bilan şuğullanadi. Oath Keepers a’zolari köpinça namoyişlar va siyosiy tadbirlarga qurollangan holda kelişadi.