Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

  • Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • şaxsning, ayniqsa voyaga yetmagan şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini ta’minlaş;
  • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, qonuniylikni mustahkamlaş, şuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş;
  • huquqbuzarliklarning sodir etilişi sabablarini va ularga imkon berayotgan şart-şaroitlarni aniqlaş, örganiş, ularni bartaraf etiş böyiça çoralar köriş;
  • jabrlanuvçilarni, şuningdek huquqbuzarliklar sodir etişga moyil bölgan, huquqbuzarlik sodir etgan, şu jumladan ilgari sudlangan va jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan şaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş hamda ijtimoiy moslaştiriş;
  • jismoniy şaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlaniş xavfini kamaytiriş;
  • voyaga yetmagan şaxslar nazoratsizligining, qarovsizligining, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boşqa ğayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilişining profilaktikasi, ularning sabablarini va ularga imkon berayotgan şart-şaroitlarni aniqlaş, bartaraf etiş;
  • voyaga yetmagan şaxslarda konstitutsiya va qonunlarga rioya qiliş ruhida tarbiyalaş;
  • ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolgan şaxslarni va oilalarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qiliş;
  • şaxslarni huquqbuzarliklar yoki boşqa ğayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etişga jalb qiliş, undaş hollarini aniqlaş va ularga barham beriş;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiruvçi va huquqbuzarliklar profilaktikasida iştirok etuvçi sub’yektlarning hamkorligini ta’minlaş hamda ularning faoliyatini muvofiqlaştiriş.

Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;
  • insonparvarlik;
  • tizimlilik;
  • işontiriş usulining ustuvorligi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiruvçi yoki huquqbuzarliklar profilaktikasida iştirok etuvçi sub’yekt, öz vakolatlari doirasida ğayriijtimoiy xatti-harakat, huquqbuzarliklar sodir etişga moyil bölgan, huquqbuzarliklar sodir etgan şaxslar haqida iş (öqiş) joyidagi iş beruvçini (ma’muriyatni), yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organini ğayriijtimoiy xatti-harakatning va sodir etilgan huquqbuzarlikning holatlarini, şuningdek ularga imkon berayotgan sabablar va şart-şaroitlarni körsatgan holda xabardor qilişga haqli.