Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan tinçlik şartnomasini imzolaş imkoniyati borligini ma’lum qildi.
«Armaniston Qoraboğni Ozarboyjonning bir qismi sifatida tan olganini inobatga olsak, tinçlik kelişuviga erişiş imkoniyati mavjud», dedi Aliyev Moskvada bölib ötgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişida sözlagan.
Bu yiğilişda Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan «Armaniston va Ozarboyjon bir-birining hududiy yaxlitligini özaro tan oliş böyiça kelişib oldi va şu asosda munosabatlarimizni tartibga soliş yölida ança yaxşi harakat qilyapmiz», degan edi.
«Bu kontekstda juda muhim masala – Toğli Qoraboğ aholisining huquqlari va xavfsizligi. Va xalqaro mexanizm doirasida, yaqin orada Boku va Xonkandi (armanlar Stepanakert deb ataydi) örtasida normal va konstruktiv muloqot boşlanadi, deb umid qilaman», dedi u.
Yiğilişda iştirok etgan jurnalistlarining yozişiça, dastlab Aliyev va Paşinyan özaro tortişib qolgan va tanqidiy fikr almaşgan.
Aliyev Ozarboyjonni Noxiçevon Muxtor Respublikasi bilan boğlaydigan Zangezur yölagi loyihasini tilga olgan. Paşinyanning ta’kidlaşiça, Aliyev «sönggi yillarda Armanistonga qarşi hududiy da’volar qöyişga xizmat qiladigan iborani» işlatgan.
Armaniston boş vaziri, şuningdek, Loçin yölagi Rossiya tinçlikparvar kuçlari nazorati ostida bölişi kerakligini ta’kidladi va Armaniston hududidan ötuvçi barça transport va iqtisodiy kommunikatsiyalarga qöyilgan tösiqlarni olib taşlaşga tayyorligini tasdiqladi.
Aliyev bunga javoban Ozarboyjonning Armanistonga nisbatan hududiy da’vosi yöqligini, uning «yölak» sözini işlatişi kimningdir hududiga tajovuz emasligini, çunki bu xalqaro atama ekanini ta’kidladi.
Payşanba kuni Moskvada Aliyev, Paşinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasida uç tomonlama muzokaralar bölib ötişi kerak.
«Biz kelişib olganimizdek, uç tomonlama formatda hamma narsani xotirjam, işbilarmonlik ruhida muhokama qiliş imkoniyati böladi. Umid qilamanki, nafaqat Armaniston va Ozarboyjon örtasidagi, balki butun mintaqada vaziyatni konstruktiv rivojlanişiga olib keladigan qandaydir kelişuvlarga erişamiz», dedi Putin.














