O‘zbekistonda Singapur tajribasi asosida «Aqlli shahar» loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapur mehnat resurslari vaziri, savdo va sanoat ikkinchi vaziri Tan Si Leng bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida asosiy e’tibor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalariga qaratildi.
Xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Singapur tomoni o‘zaro tovar ayirboshlash doirasini kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.
Joriy yilning sentabr oyida Singapurda Made in Uzbekistan ko‘rgazmasini o‘tkazish masalasi kelishib olindi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi salohiyatini ochib berish, qo‘shma investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, o‘zaro munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari, jumladan, ta’lim sohasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklash imkoniyatlari va Singapur tajribasi asosida O‘zbekistonda «Aqlli shahar» qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan barcha kelishuvlarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:11
-
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00
-
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda
Jahon | 09:50
-
Intellektual mulk sohasida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekiston | 09:31
Mavzuga oid

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi

11:53 / 11.02.2025
Singapurda harbiy dengiz dronlari navbatchilik qilishni boshladi

21:28 / 27.01.2025