2023 yilning yanvar-aprel oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 256,1 million dollarga teng bölgan 359,2 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2022 yilning mos davriga nisbatan 6,5 foizga köp.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlillariga köra, meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta uluşni moş – 13,7 foiz, mayiz – 10,4 foiz, quritilgan qora olxöri – 7 foiz, pomidor – 6,1 foiz, karam – 5,1 foiz, yangi uzilgan uzum – 4,3 foiz, piyoz – 4,3 foiz va anor – 3,3 foiz egallaydi.

2023 yilning yanvar-aprel oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar uluşi 3,3 foizni taşkil etgan. Özbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (27,4 foiz), Pokiston (20,6 foiz), Xitoy (16,3 foiz), Qozoğiston (13,9 foiz), Afğoniston (2,4 foiz), Qirğiziston (2,4 foiz), Belarus (2 foiz), Turkiya (1,9 foiz), Iroq (1,5 foiz) va Eron (1,2 foiz) hisoblanadi.