Uruşlar har doim juda qimmat turadigan tadbir hisoblanadi. Hozirgi globallaşgan dunyoda esa, uruşlardagi tomonlarning xalqaro maydondagi qöllab-quvvatlovçilarning köpligi yoki ozligi – uruş natijalarini belgilab beruvçi sabablardan biri.
Ukrainadagi uruş çözilgan uruşga aylanib ketdi. Uruş ötgan 2022 yilning 24 fevralida boşlangan edi, lekin haligaça davom etyapti. Birgina Baxmut şaharçasi uçun, tomonlar 9 oy uruşdi.
Zelenskiyning diplomatik faolligi, Yevropaning asosiy davlatlariga safar bilan boşlandi. 13-15 may kunlari Zelenskiy Italiyaga, Germaniyaga, Fransiya va Buyuk Britaniyaga safarlar uyuştirdi. Rim, Berlin, Parij va Londonda Zelenskiy Ukrainaga yetkazilgan harbiy yordamlar uçun minnatdorçilik bildirib, yangi yordamlarni muhokama qildi.
19 may kuni esa, Volodimir Zelenskiy Saudiya Arabistoniga taşrif buyurib, Arab davlatlari ligasi sammitida, taklif qilingan mehmon sifatida iştirok etdi. Bu sammitda kuzatilgan yana bir katta yangilik – unda 2011 yili bu taşkilotdan quvilgan Suriya Arab Respublikasi prezidenti Başar Asadning iştirok etişi böldi.
2011 yilda “Arab bahori” Suriyaga ham “yuqadi” – Damaşq va boşqa köplab şaharlarda ommaviy namoyişlar boşlanadi. Asad esa, bu namoyişlarni qonli bostiradi. Natijada, arab davlatlari Başar Asadni ADLdan haydaşadi.
Mana endi, oradan 12 yil ötib, Saudiya Asadni yana qayta taşkilotga çaqirdi. Fikrlar borki, Asadning Arab davlatlari ligasiga qaytişini biroz yumşatiş maqsadida, bu sammitga Zelenskiyni ham taklif qilişdi va unga söz berişdi. Zelenskiy arab davlatlari rahbarlari oldida katta nutq sözladi.
Jumladan, “Ukrainadagi musulmonlar hisoblanmiş qrimtatarlarini himoya qilişda, asrab qolişda bizga yordam bering. Biz öz yerimiz, vatanimiz uçun uruşyapmiz. Biz bosqinçiga qarşi uruşyapmiz”, deya xitob qildi.
21-22 may kunlari esa, Yaponiyaning Xirosima şahrida, bir vaqtning özida ikkita katta yiğiliş bölib ötdi. Biri – Yettilik guruhi, ya’ni G7 bölib, unda sanoatlaşgan yettita davlat rahbarlari va Ukraina prezidenti Zelenskiy özaro fikr almaşişdi. Aytiş kerakki, 2014 yilga qadar, bu taşkilotning nomi “Sakkizlik guruhi” edi; Ukrainaning Qrim yarimoroli anneksiya qilinişi sababli, Rossiya bu taşkilotdan quvilgan edi.
G7 davlatlari rahbarlari Zelenskiyga “uruşning oxiriga qadar biz Ukraina bilanmiz, qöllab-quvvatlaşda davom etamiz” degan va’dani berişdi. AQŞ prezidenti Bayden Ukraina prezidenti bilan “NATOdan taşqari ittifoqçilik va homiylik” masalasini muhokama qildi. AQŞning ba’zi yaqin ittifoqçilari, hamkorlari NATOga a’zo emas, lekin, bu davlatlarning xavfsizligini ta’minlaşni, rasmiy Vaşington öz böyniga olgan. Misol uçun, Isroil davlati xavfsizligini ta’minlaşni AQŞ öz zimmasiga olgan. Buning uçun, AQŞ va Isroil örtasida, “NATOdan taşqari bölgan ittifoqçilik va homiylik” kelişuvi bor. Xuddi şunday Ukraina xavfsizligini ta’minlaşni Vaşington öz zimmasiga oliş niyatida. Va bu kelişuv, Ukraina NATOga a’zo bölguniça işlaşi aytiladi.

















