Ukrainaning qarşi hujumi oldidan Kreml Ğarbni Ukrainaga yordam berişni töxtatib, uni yon berişga va Moskva uçun qulay şartlar asosida tinçlik muzokaralarini boşlaşga majbur qiliş uçun axborot kampaniyasini qayta boşlaşi mumkin. Bunday baho Amerika uruşni örganiş institutining (ISW) 27 may, şanba kuni çop etilgan muntazam tahliliy şarhida keltirilgan.
Mualliflar Kreml matbuot xizmatining 26 may kungi bayonotidan iqtibos keltirmoqda, unga köra Vladimir Putin Braziliya prezidenti Luis Ignasiu Lula da Silva bilan telefon suhbatida «Rossiya tomonining siyosiy va diplomatik yölda muloqotga oçiqligini» ta’kidlab, bu muloqot «haligaça Kiyev va uning ğarbiy homiylari tomonidan tösib qöyilganini» qöşimça qilgan.
«Putinning bayonoti Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralar olib borişdan manfaatdor ekanligidan dalolat bermaydi, Kreml muzokaralar uçun jiddiy asos yaratmagan va özining maksimalistik maqsadi – Ukraina hukumatining taslim bölişidan voz keçmagan», - deydi ISW tahlilçilari. Xitoy hukumatining Yevrosiyo masalalari böyiça maxsus vakili Li Xueyning 26 may kuni Moskvaga taşrifi fonida Rossiya rasmiylari Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanliklari haqidagi yolğon bayonotlarini kuçaytirişga urinayotgan bölişi mumkin, deb hisoblaydi institut.
Ularning eslatişiça, ötgan hafta Ukraina, Polşa, Fransiya, Germaniya va Belgiyaga amalga oşirilgan Yevropa safari çoğida Li Yevropa Ittifoqi rasmiylarini Ukrainadagi uruşni avj olişidan avval tugatişga yordam berişga çaqirgan. Lining sa’y-harakatlari Xitoy Ğarbni Ukrainani öt oçişni töxtatişga rozi bölişga undaşga urinayotganini körsatişi mumkin, deydi ISW tahlilçilari.


















