Abdulloh Egamberdiyev – Toşkent şahri Mirobod tumanidagi 147-maktabning 4-sinf öquvçisi. U yaqinda IELTS imtihonidan 7,5 ballni qölga kiritdi. 11 yoşli Abdulloh öquv markaziga bormagan, repetitorga qatnamagan. U bunday natijaga maktabdagi ingliz tili öqituvçisining yordami bilan erişgan. Abdulloh va uning onasi Nilufar Tojiboyeva Kun.uz’ga bergan intervyusida qanday qilib bu natijaga erişgani haqida gapirib berdi.
Abdulloh Egamberdiyev:
– Ingliz tiliga kiçkinaligimdan qiziqqanman, 6-7 yoşimdan tilni örganişni boşlaganman. Öşanda You Tube’da filmlar, multfilmlar körardim, qolaversa, ota-onam ham ingliz tilini örganişda yordam qilgan.
Aslini olganda, til örganişga unça ham qiziqmayman, lekin ingliz tilini köp odam bilgani uçun şu tilni bilişga bel boğlaganman. Ingliz tilini örganiş köproq odamlar bilan muloqot qiliş imkonini beradi. Bu til orqali dunyoni boşqaça köriş, bilimni oşiriş mumkin.
Nilufar Tojiboyeva:
– Abdullohning otasi BAAda işlardi. Şu sababli ma’lum vaqt davomida şu davlatga qatnab yurardik. Keyin Abdullohni öşa yerdagi maktablardan biriga berişga qaror qildik. Sentyabrdan darslar boşlandi, şu bilan mart oyigaça öqidi, söng karantin sabab hamma ta’lim muassasalari yopildi. Özbekistonga qaytib keldik, öğlimiz ta’limini 2-sinfdan 4-sinfgaça özbek maktabida davom ettirdi.
Bu vaqt oraliğida Abdullohning ingliz tilisi juda yaxşi rivojlandi. Özim, xöjayinim çet tillari fakultetini tamomlaganimiz uçun farzandlarimizning til bilişiga harakat qilardik. Kiçkinaligida ingliz tili alifbosini devorlarga osib, örgatardik. Boşida işni şundan boşlaganmiz, keyin kitoblar ham öqib berardik. Uyda köproq ingliz tilida muloqot qilardik. “U bunday böladi, bunisi bunday böladi”, – deb tuşuntirib, parallel ravişda özbek tili bilan birga öqitardik.
Abdulloh Egamberdiyev:
– Noyabr oyida maktabdagi ingliz tili ustozim oyimdan meni IELTS'ga tayyorlaş mumkinligi yoki yöqligi haqida söradi. Oyim bunga rozilik berdi. Şundan keyin IELTS'ga tayyorlanişni boşladik.
Öqituvçim menga IELTS özi nima ekani, nimalardan iboratligini örgatdi. Keyin oson yöllar bilan testlarga javob beriş, qanday matn tuziş kerakligini tuşuntirdi. 3 oydan keyin maşğulotlarimiz murakkablaşib ketdi, çarçab qola boşladim. Ammo şunga qaramay, davom etaverdim. Har kuni faqat maktab kunlari darslardan oldin 3 soat tayyorgarlik qilardim. Kitoblar öqirdim, savollarga javob berardim, IELTS'ga oid videolar ham körardim.
















