Farğona şahri Qirguli mavzesi Yangi asr köçasida 27 may kuni soat 10:00lar çamasida gazli suv sotiş şoxobçasida uglerod qöşoksidi gazi töldirilgan ballon portlagan. Şoxobça xodimi yozgi ta’tilga çiqqan 12 yoşli öğliga iş örgatiş uçun olib kelgan kunning birinçisida maş’um hodisa sodir bölgan. Ballon portlaşi oqibatida maktab öquvçisi Rahmatjon Rahmatov çap oyoğidan jiddiy jarohat olib şifoxonada murakkab jarrohlik muolajasini ötagan. Baxtsiz hodisadan ota ham jarohatlangan.

Kun.uz muxbiri voqea joyida va şifoxonada bölib hodisa oqibatlarini örgandi. Ma’lum bölişiça, gazli suv idişidagi havo bosimining kötarilib ketişi natijasida portlaş hodisasi kuzatilgan. “Yulduz” MFY profilaktika inspektori, kapitan Rustam Qurbonov holat yuzasidan qöşimça suriştiruv işlari olib borilayotganini aytdi.

Rustam Qurbonov

“Ertalab gazli suv sotiş şoxobçasida portlaş bölgani haqida xabar kelib tuşdi. Voqea joyiga yetib borganimda tumonat odam yiğilganini kördim. “Gazvoda” suvi “baçogi” portlaşi oqibatida ota-bolaga tan jarohati yetib tez tibbiy bölimga olib ketişgan ekan. Zudlik bilan şifoxonaga bordim. Şifokorlar oyoğidan jarohat olgan bolani operatsiya xonasiga olib kirişdi.

Gazli suv sotiş şoxobçasi işçisi yozgi ta’tilga çiqqan öğliga iş örgatiş uçun özi bilan birga dökonga olib kelgan ekan. Baxtsiz hodisa oqibatida otaning ham oyoği şişa bölaklaridan jarohat olgan. Hozirda holat böyiça qöşimça suriştiruv işlarini olib boryapmiz”, – deydi u.

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Farğona filiali  Yurak qon tomir jarrohligi va mikroxirurgiya bölimi şifokori Ixtiyor Homidjonovning ma’lum qilişiça, yoz mavsumida aynan yoş bolalarning ballon portlaşi oqibatida jarohat olib bölimga keliş holatlari köplab kuzatiladi.