Din işlari böyiça qömita Özbekistonda haj mavsumi qaçon boşlanişi böyiça ma’lumot e’lon qildi.
Ma’lum qilinişiça, 4 iyundan 19 iyunga qadar Özbekiston böylab 10 ta aeroportdan har kuni 4 tadan reys Saudiya Arabistoniga uçadi. Ötgan yillarda ziyoratçilar respublikaning 7 ta hududiy aeroportlaridan kuzatilgan bölsa, bu yil yanada qulaylik yaratiş maqsadida Özbekistonning 10 ta hududiy aeroportlaridan — Toşkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farğona-Madina, Samarqand-Madina, Qarşi-Madina, Termiz-Madina Urganç-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina yönalişlari böyiça ziyoratçilar haj safariga kuzatiladi.
«Haj va umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça Respublika Jamoatçilik kengaşi Haj – 2023 mavsumiga tayyorgarlik işlarini turli yönalişlarda amalga oşirmoqda. Jumladan, ziyoratçilarni guruhlarga ajratiş, ellikboşilar biriktiriş, ularning malakasini oşiriş, şifokorlar ajratiş, oşpazlarni jalb etiş işlari yakuniga yetkazildi.
Haj-2023 mavsumiga tayyorgarlik işlarini amalga oşiriş maqsadida dastlabki işçi guruh Saudiya Arabistoniga jönab ketgan va ayni paytda ular tomonidan barça taşkiliy va amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, Musulmonlar idorasi va Din işlari böyiça qömita haligaça Haj uçun kvotalar sonini ma’lum qilmadi. Bölajak hojilar haj uçun 68 mln 760 ming sömdan tölaşayotgani ma’lum.

















