Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blick: Shveytsariya rossiyalik milliarderdan mamlakatda yashash uchun ruxsatnomani qaytarib olmoqchi
Tsyurix «Yevroxim» va «SUEK» asoschisi Andrey Melnichenkoni mamlakatda yashash uchun ruxsatnomadan mahrum qilmoqchi. U Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qaramay Shveytsariyada yashaydi.
Andrey Melnichenko Foto: Thomas Hartwell/AP Photo/picture alliance
Shveytsariya hukumati rossiyalik tadbirkor, Sibir ko‘mir energiya kompaniyasi («SUEK») va «Yevroxim» kompaniyasi asoschisi Andrey Melnichenkoning mamlakatda yashash uchun ruxsatnomasini bekor qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Shveytsariyaning Blick nashri 28 may, yakshanba kuni.
OAV xabarlariga ko‘ra, tegishli ish mamlakat federal ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Rasmiylarning rossiyalik milliarderga da’volariga sabab, u go‘yo uzoq vaqt Shveytsariyadan tashqarida bo‘lgan. Bu mamlakatda yashash uchun ruxsatnomani uzaytirish shartlariga javob bermaydi, deya ta’kidlaydi nashr.
Shu bilan birga, rossiyalik tadbirkor 2009 yildan beri yashab kelayotgan Graubyunden kantoni Melnichenkoga nisbatan cheklov choralariga qarshi. Blick qayd etishicha, dunyoda yetakchi o‘g‘it yetkazib beruvchi shirkatlardan biri hisoblanuvchi va ilgari Melnichenkoga tegishli bo‘lgan «Yevroxim» ham Shveytsariyada joylashgan.
Bu ma’lumot rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Mavzuga oid
09:37 / 13.12.2025
Shveytsariya Rossiyaga qarshi YeIning 19-sanksiya paketini qo‘llab-quvvatladi
15:19 / 01.12.2025
Shveytsariyaliklar umumiy fuqarolik xizmatiga qarshi ovoz berdi
08:47 / 17.11.2025
Axios: Shveytsariya bojlarni kamaytirish uchun Trampga sovg‘alar yuborgan
17:19 / 14.11.2025