Belarus va Rossiya örtasida yagona valutani joriy etiş yaqin kelajak masalasi emas, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko. Rossiya banki rahbari Elvira Nabiullina bilan uçraşuvda u yagona valuta yaratiş oson jarayon emasligini ta’kidladi. «Ehtimol bu bugungi kun masalasi emas, biz Rossiya prezidenti bilan kelişib olganimizdek», dedi u (TASSdan iqtibos).
Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, Rossiya va Belarusdagi «ayrim vatanparvar odamlar» tez-tez yagona valuta yaratiş masalasini kötaryapti. Hozirça Rossiya Markaziy banki va Belarus Milliy bankining Banklararo valuta kengaşi işlamoqda va u bu borada heç qanday savol yöqligini eslatdi.
Lukaşenko 2019 yil mart oyida Belarus Rossiya bilan umumiy valuta yaratişga qarşi emasligini aytgandi. Uning ta’kidlaşiça, umumiy valuta rubl bölişi kerak, lekin Rossiya yoki Belarus rubli emas, balki «bizning umumiy rublimiz». Belarus prezidenti yagona valutaning emissiya markazi Rossiyada joylaşişi mumkinligini ta’kidladi.
2021 yil sentabr oyida Putin va Lukaşenko Ittifoq davlati doirasida yagona moliya bozorini barpo etişga qaratilgan barça 28 ta dastur böyiça kelişib oldi. Şundan söng darhol Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki davlat uçun yagona valuta paydo böliş vaqti haqidagi savolga javob berar ekan, «bu haqda hali gap ketayotgani yöq» dedi. Yagona valutani yaratiş istiqbollari «hozirça körinmayapti», deya bildirgan u.

















