Ota-onalar orasida öqituvçini tuşunib, söralgan pulni indamay berib yuboradiganlari ham, tuşunmay qonun va qarorlarni peş qilib, bermasligini oşkor aytadigan, kamiga boşqalarni ham pul yiğmaslikka undaydiganlar bor. Vazirlik yiğimlar noqonuniy ekanligini biladi va örni kelganda buni eslatib ham turadi. Ammo sinf xonalari qayerdan pul olib ta’mirlanişi masalasi baribir oçiq qolaveradi.

Köpçilik maktabning kapital ta’mirlanişi, ya’ni tom, fasad, maydon, koridor, hojatxona, laboratoriya kabi qismlar ta’miri uçun imkoniyatga qarab har 10-15 yilda davlat tomonidan ajratiladigan mablağni sinf xonalarining har yilgi ta’miri uçun ham yetarli deb öylaşadi. Ya’ni sinf xonalar ta’miri ham davlat yoki budjet hisobidan degan fikrdalar. Aslida unday emas, yillik joriy ta’mir masalasi baribir oçiq qolgan va yuqori taşkilotlarning öqituvçilarga bosim qilişi bilan “amallab” kelinmoqda.

Quyida şu masalada ikki öt orasida qolgan ustozlar, faollar va ayrim ota-onalarning fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Afsuski öqituvçilarning ayrimlari şaxsini sir tutişni afzal bilişdi.

“Yil yakunida öqituvçi remontni öz hisobidan qilişi kerakmi?! Har safar şu mavzu kötarilganda bizni göyo “pul yiğmanglar” deya ogohlantirib qöyişadi. Öşa “ogohlantiradigan” tepadagilar keyin maktab direktori, sinf rahbarlarini “Nima qilsang qil, remont öz vaqtida, talab darajasida bölişi kerak!”, deb kekirdagidan olişadi! Bolasi ta’lim oladigan maktab uçun 50-60 mingni ayaydigan ota-onaning farzandi kelgusi öquv yilida yana borib öşa sinfda öqişini davom ettiradi-ku?! Direktor ham uyini emas, maktabning remonti uçun jon kuydiradi. Millatning, xalqning bolasi, fuqaroning kelajagi talim oladi şu maskanda!

Köpçilik davlat örtaça har 20 yilda bir marta kapital ta’mir uçun ajratadigan pulni “remontga pul” deb dastak qiladi. Maktabning hududini töliq ta’mirlaşga yordam beriş uçun hokimiyat tomonidan hududdagi tadbirkorlarga “yuklama” beriladi… ta’mirlaşga homiy bölasan, deb buyruq qilinadi, direktorga şu homiyni topasan, degan buyruq beriladi.

Ana şundan keyin boşlanadi hammasi… Million martalik muzokaradan keyin öşa homiy – tadbirkor bir qism mablağni tovar sifatida maktabga yetkazadi. Qolganini maktab kayerdan topsayam, remont tugatilişi kerak.

Lekin nimagadir davlat remont qiladi maktabni, degan bong uriş davom etib kelaveradi haligaça. Baloga qolgan öqituvçi. “Ta’lim bepul-ku”, deydiganlar remont ta’lim jarayoniga kirmasligini bilmaydigandek gapirişdan çarçamaydi. Işqilib, öqituvçiga, direktorga sabr!

Hozirgi bozor narx navosi bilan 30-35 nafar, ayrim sinflarda 40 nafardan ortiq bola öqiydigan xonalarni yengil ta’mirlaş uçun ketadigan mablağni usta puli bilan birga hisoblab çiqing-çi, qança summa böladi?