«Men uning hazilini qadrlayman. Öylaymanki, bunga hojat yöq, çunki boşqa integratsion birlaşmalar, birinçi navbatda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bor», dedi Töqayev Şimoliy Qozoğiston viloyatiga taşrifi çoğida.

Qozoğiston prezidenti, şuningdek, mamlakat yadroviy qurolga muhtoj emasligini, çunki yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi xalqaro şartnomaga qöşilganini ta’kidladi.
24 may kuni Yevroosiyo iqtisodiy forumi yiğilişida sözga çiqqan Töqayev YeOII doirasidagi integratsiyaning turli darajalariga, jumladan, hozirda «hatto umumiy yadro quroliga ega bölgan Rossiya va Belarus ittifoqi «fenomeni»ga» e’tibor qaratgan edi.
28 may kuni Rossiya propaganda dasturining boşlovçisi Pavel Zarubin Belarus prezidenti Lukaşenkoning Töqayev bayonotiga izohini keltirdi.
«Agar Qozoğiston yoki boşqa mamlakatlar Belarus va Rossiya kabi juda yaqin aloqalarga ega bölişni istasa, bu juda oson. Belarus va Rossiya ittifoqiga qöşiliş kerak, şunda hamma umumiy yadro quroliga ega böladi», dedi Lukaşenko.
Kreml Töqayevning forumdagi bayonotini izohlar ekan, Ittifoq davlati «YeOII taşkilotiga qaraganda ança rivojlangan integratsiya darajasi» ekanini qayd qildi.
«Bu dunyodagi noyob holat va buni e’tiborga oliş oliş kerak», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
- Rossiya va Belarus ittifoqi davlati 2000 yil yanvaridan beri mavjud. Ittifoq a’zolari umumiy parlament, konstitutsiya, yagona valuta yaratiş masalasini muhokama qilişgan, biroq hozirça bunday kelişuvni qabul qilişmagan. 2021 yilda Moskva va Minsk mamlakatlar integratsiyasiga qaratilgan 28 ta ittifoq dasturini kelişib oldi.
- 2023 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusda taktik yadro qurolini joylaştirişga va’da bergan edi. 25 may kuni ikki davlat mudofaa vazirlari Sergey Şoygu va Viktor Xrenin tegişli hujjatlarni imzoladi. Köp ötmay, Aleksandr Lukaşenko Belarusga yadro qurolini topşiriş «allaqaçon boşlanganini» e’lon qildi.
















