Xitoyda işlab çiqarilgan birinçi yölovçi samolyoti ilk tijorat parvozini amalga oşirdi. China Eastern Airlines aviakompaniyasining C919 rusumli layneri 28 may, yakşanba kuni Şanhay – Pekin yönalişi böyiça harakatlandi.
164 nafar yölovçini siğdira oladigan samolyotda 130 kişi bölgan. Parvoz davomida yölovçilar Xitoy bayroqlarini kötarib, vatanparvarlik ruhidagi qöşiqlar kuylaşdi. CCTV davlat telekanali reys Xitoy poytaxtiga belgilangan muddatdan 40 daqiqa oldin yetib kelganini qayd etdi.
C919 samolyot Comac aviasozlik kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan va Boeing 737 Max hamda Airbus A320 bilan raqobatlaşa oladi. U örta masofaga - 5500 kilometrgaça parvozlarni amalga oşirişga qodir.
Garçi bu Xitoyda işlab çiqarilgan samolyot bölsa-da, u xorijiy komponentlar va texnologiyalarga boğliq. Xususan, C919 dvigatellari va avionikalari import qilinadi. Dvigatellar Amerikaning General Electric korporatsiyasi va Fransiyaning Safran kompaniyasi örtasidagi qöşma korxona tomonidan işlab çiqariladi.

















