Buxoro viloyati huquq tartibot organlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, özini soliq idorasi xodimi deb taniştirib, tadbirkordan pul undirmoqçi bölgan şaxs uşlandi.

Qayd qilinişiça, Vobkent tumani Çarmgaron mahallasida yaşovçi 2000 yilda tuğilgan B.S. «Sabina Samira çorvasi» oilaviy korxonasi rahbarini aldab, unga özini Kogon şahar DSI xodimi deb taniştirib, korxonaga tegişli savdo dökoni sotuvçisi tomonidan xarid çeki berilmagani haqida soliq idorasiga murojaat tuşganini aytgan.

Bu qoidabuzarlikni ijobiy hal qilib beriş evaziga 1 mln söm talab qilib, 2023 yil 26 may kuni Kogon şahar DSI binosi yonida pullarni olayotgan vaqtda uşlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.