— Turkiyadagi bu saylovni butun dunyo, xususan özbekistonliklar ham juda yuqori darajada qiziqiş bilan kuzatgani nima bilan boğliq?

— Turkiya biz uçun qardoş xalq, Turkiya siyosatçilari Özbekistonni ota yurt, deb ataydi. Turkiyaning asli kelib çiqiş tarixi bugungi Xorazmga taqaladi. Biz u yerdan kelmaganmiz, ularning ajdodlari bu yerdan ketişgan. Şuning uçun Turkiyaga borgan özbekistonlik bir neça oy içida turk tilini örganib olişi mumkin. Bundan taşqari, Özbekistonning mustaqilligini birinçi bölib tan olgan davlat bu – Turkiya. Çunki 20-asr turkiy dunyo uçun fojia asri böldi, Turkiyaning özidan boşqa barça turkiy davlatlar va xalqlar mustamlakaga aylantirildi.

20-asrning oxirlariga kelib, turkiy davlatlar öz mustaqilligini e’lon qilganida zudlik bilan Turkiya ularni mustaqil davlat sifatida tan oldi, çunki u bu davrni kutib turgan edi. Turkiya ötgan asrda, ayniqsa, 1-jahon uruşida qaqşatqiç zarbalarga uçradi, şuning uçun, 2-jahon uruşiga rasman qöşilmadi.

Şu paytgaça bizning asosiy geosiyosiy vektorimiz Rossiya bilan boğliq bölib kelgan, sönggi bir yarim asr davomida örnatilgan aloqalar şunçaki yöqolib ketmaydi va aslida bu aloqalarning yöqolişi bizning manfaatlarimizga zid. Bizning jamiyatimizda e’tiroz Rossiyaga emas, uning rahbariyatiga bölişi kerak: agar Kreml imperialistik tafakkurga ega bölib, bizning mustaqilligimizga şubha qiladigan bölsa, albatta.

2016 yildan boşlab Özbekiston–Turkiya munosabatlari qaytadan körib çiqildi va hozirgi kunda bizning ikkinçi geosiyosiy oriyentirimiz bu – Turkiyadir. Taşqi dunyoda bizning xalqimiz qiziqayotgan, kuzatayotgan, manfaatdor bölgan va aloqalar mustahkamlanib borayotgan ikkinçi mamlakat bu – Turkiya Respublikasi.

Masalan, hozir Turkiyaga boriş uçun viza şart emas. Bir vaqtlar Rossiya özbekistonliklar uçun ikkinçi xavfsiz hudud hisoblangan bölsa, hozirda Turkiyani xuddi şunday e’tirof etiş mumkin. U bizga til, madaniyat va masofa nuqtayi nazaridan yaqinlaşib kelayotgan davlat.

2016 yilga qadar, Özbekistonda Turkiyaga munosabat borasida hokimiyat va jamiyat örtasida böliniş paydo bölgan, ya’ni jamiyat Turkiyani öziga yaqin olgan, hokimiyatlar örtasida esa kelişmovçilik mavjud bölgan. Hozir unday emas, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni tölaqonli ijobiy deyiş mumkin. Qolaversa, Turkiya va Özbekiston örtasida geosiyosiy ziddiyat ham yöq. Turkiya Markaziy Osiyoda geosiyosiy manfaatlarga ega mamlakatlar bilan yaşirin yoki oşkora tarzda Özbekistonga bosim ötkazayotgani yöq. Turkiya va Markaziy Osiyodagi turkiy davlatlarning xalqaro taşkilotlardagi iştirokidan ham kelib çiqib aytiş mumkinki, ular örtasidagi munosabatlar nihoyatda ijobiy.