Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) saylov yakunlariga köra, parlamentda 268 ta örinni qölga kiritdi. Bu haqda Anadolu mamlakat Markaziy saylov komissiyasining yakuniy ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Prezident Rajab Toyyib Erdöğan rahbarlik qiladigan AKP ilgari parlamentda 295 ta öringa ega edi, şu tariqa partiya 27 ta örindan mahrum böldi. Ammo baribir son jihatdan ustunlikni saqlab qoldi.
Erdöğanni qöllab-quvvatlovçi Millatçi harakat partiyasi (MHP) parlamentda 50 ta öringa ega böldi.
Muxolifat yetakçiligidagi Respublika Xalq partiyasi (CHP) 169 ta örinni egalladi, bu ötgan saylovga nisbatan 23 taga köp.
Şuningdek, Yaşil söllar partiyasi 61 ta, Yaxşi partiyasi 43 ta, Erdöğanga yaqin bölgan Yangi farovonlik partiyasi 5 ta, Turkiya işçilar partiyasi 4 ta örinni qölga kiritdi.
Turkiya parlamentida 600 ta örin bor.

















