Jahon | 13:51 / 31.05.2023
13393
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: «Tolibon» rahbari va Qatar bosh vaziri Afg‘onistonda maxfiy muzokara o‘tkazdi

Qatar bosh vaziri may oyida «Tolibon» oliy rahbari bilan maxfiy muzokaralar olib borgan, u xalqaro hamjamiyat bilan ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan. Bu haqda manbaga tayanib, Reuters xabar bermoqda. Agentlik ta’kidlashicha, bu voqealar Afg‘oniston rasmiylarining mamlakat yakkalanishiga barham berish yo‘llarini muhokama qilishga tayyorligini ko‘rsatishi mumkin. 

Muhammad bin Abdulrahmon at-Taniy / Foto: Reuters

Ushbu uchrashuv 12 may kuni Afg‘oniston janubidagi Qandahor shahrida Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon at-Taniy va «Tolibon» oliy rahbari Haybatulloh Oxunzoda o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Bu «Tolibon» rahbarining xorijlik yetakchi bilan birinchi uchrashuvi edi. 

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati muzokaralar haqida ma’lumot oldi va yuqoridagi rahbarlar «muhokama qilayotgan barcha masalalarni», shu jumladan «Tolibon» bilan muloqotni davom ettirishni muvofiqlashtirmoqda, dedi Reuters manbasi.

Shuningdek, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shayx Muhammad «Tolibon» yetakchisi oldida ko‘targan boshqa masalalar qatorida qizlarning ta’lim olishi va ayollarni ish bilan ta’minlashga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish ham bo‘lgan. 

Mavzuga oid