31 may, çorşanba kuni ertalab Janubiy Koreya Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasining ma’lum qilişiça, Şimoliy Koreya janubga qarab “raketa taşuvçi” deb ataladigan raketani uçirdi. Agentlik bayonotidan iqtibos AFP tomonidan keltirildi.

Şu munosabat bilan Seulda havo trevogasi e’lon qilindi, Janubiy Koreya poytaxti aholisidan evakuatsiyaga tayyor turiş va birinçi navbatda “bolalar va qariyalarni xavfsiz joylarga yetkaziş” söralgan. Biroz vaqt ötgaç, mamlakat Içki işlar vazirligi şahar hokimiyati tomonidan yuborilgan ogohlantiriş "notöğri tuzilgan"ligini bildirdi.

31 may kuni ertalab Yaponiya janubida ham havo trevogasi e’lon qilindi. "Şimoliy Koreya ballistik raketa uçirgani taxmin qilinmoqda. U Okinava prefekturasi hududiga tuşişi mumkin. Iltimos, binolar içida yoki yer ostidagi xavfsiz panohlarga öting", - deya Yaponiya milliy turizm taşkiloti tomonidan ogohlantiriş e’lon qilingan. U, jumladan, boş vazirning rasmiy Twitter-akkauntida ham joylaştirildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 07:05da (Toşkent vaqti bilan 03:05) Yaponiya qirğoqni qöriqlaş xizmati: "Şimoliy Koreya tomonidan uçirilgan ballistik raketa tuşib ketganga öxşaydi”, deb xabar berdi. Qurbonlar va vayronagarçiliklar haqida heç narsa aytilmagan.