Varşava tomonidan Rossiyaning respublikadagi xavfsizlikka ta’sirini örganuvçi komissiya tuziş töğrisidagi qonunning qabul qilinişi Yevropa Ittifoqi va AQŞda keskin tanqidlarga sabab böldi. 30 may, seşanba kuni Adliya masalalari böyiça Yevropa komissari Dide Reynders qonunning qabul qilinişi “katta xavotirga sabab bölayotganini” aytdi. Uning sözlariga köra, qonun maxsus komissiyaga Polşa fuqarolarini sud nazoratisiz davlat lavozimiga saylaniş huquqidan mahrum qiliş imkoniyatini beradi.

AQŞ Davlat departamenti qonun Polşada erkin va adolatli saylovlarga tösqinlik qilişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. “Biz köplab kuzatuvçilar tomonidan bildirilgan xavotirga qöşilamiz, bu qonun <...> muxolifatdagi siyosatçilarning tegişli tartibsiz nomzodlari ilgari surilişi oldini oliş uçun işlatilişi mumkin”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Tanqidçilarning fikriça, Polşaning konservativ hukumati parlament saylovlariga bir neça oy qolganida muxolifat yetakçisi, sobiq boş vazir Donald Tuskni obrösizlantirişga urinmoqda.

Ayni paytda, Polşa Taşqi işlar vazirligi tanqidni rad etib, uni yangi qonunning notöğri talqini deb atadi.