“Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi 31 may kuni Şimoliy Koreya tomonidan taşuvçi kosmik raketa uçirilganidan xavotir bildiradi. Uşbu holat Koreya yarimorolidagi keskinlikning yanada kuçayişiga olib keladi”, deyiladi bayonotda.

Bildirilişiça, Özbekiston BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalaridan kelib çiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirğin qurollarining barça turlarini sinovdan ötkazişdan boş tortilişi tarafdoridir.

“Özbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yölida Koreya yarimorolida xavfsizlikni ta’minlaş böyiça faol qadamlarni qat’iy qöllab-quvvatlaydi”, — deyiladi TIV xabarida.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş Şimoliy Koreya tomonidan harbiy sun’iy yöldoş uçirilgan bölişi mumkinligini keskin qoraladi. Guterriş matbuot kotibi Stefan Dyujarrik 31 may, çorşanba kuni ma’lum qilişiça, ballistik raketa texnologiyasidan foydalangan holda har qanday uçiriş BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarini buzadi.

Ayni vaqtda, Yaponiya Taşqi işlar vazirligi Vaşington va Seul bilan Koreya yarimorolida tinçlik va xavfsizlik masalalari böyiça uç tomonlama telefon orqali muzokaralar ötkazişini ma’lum qildi. 

Avvalroq Seul KXDR janub tomon obekt uçirgani, Pxenyanda uni “raketa taşuvçi” deb atagani haqida xabar bergan edi. Şu munosabat bilan Janubiy Koreya poytaxtida havo trevogasi e’lon qilindi, aholidan evakuatsiyaga tayyor turiş va birinçi navbatda “bolalar va qariyalarni xavfsiz joylarga yetkaziş” söraldi. Biroz vaqt ötgaç, mamlakat Içki işlar vazirligi şahar hokimiyati tomonidan yuborilgan ogohlantiriş “notöğri tuzilgan”ligini bildirdi.