Tanlov nominatsiyalar böyiça 1 iyundan 1 sentabrga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar mahalla fuqarolari yiğinlari miqyosida ötkaziladi. Tanlovda iştirok etiş ixtiyoriydir.
Tanlovda iştirok etiş uçun mahalla fuqarolar yiğinidagi aholi xonadonlariga örnatilgan quyoş panellarining jami quvvati 150 kVtdan kam bölmasligi va mahalla fuqarolari yiğinlaridagi xonadonlarga quyoş panellari tanlov e’lon qilingan kundan boşlab, tuman(şahar) hokimligiga taqdim etiş kuniga qadar davrda örnatilgan bölişi şart.
Quyidagi umumiy quvvatdan kam bölmagan quyoş panellarini birinçilardan bölib örnatgan hamda hududiy elektr tarmoğiga ulanib işlab turgan mahalla (qişloq, ovul) fuqarolari yiğinlari orasidan tanlanadi:
Boş sovrin – quvvati 300 kVtdan;
- 1-örin – quvvati 250 kVtdan;
- 2-örin – quvvati 200 kVtdan;
- 3-örin – quvvati 150 kVt.
Tanlov ğoliblariga quyidagi mukofotlar topşiriladi:
Boş sovrin – belgilangan mezonga muvofiq elektromobil.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şaharlarning har birida:
- birinçi örin uçun – belgilangan mezonga muvofiq bazaviy hisoblaş miqdorining 400 barobari miqdorigaça bölgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyoş fotoelektr tizimini örnatib beriş;
- ikkinçi örin uçun – belgilangan mezonga muvofiq bazaviy hisoblaş miqdorining 200 barobari miqdorigaça bölgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyoş fotoelektr tizimini örnatib beriş;
- uçinçi örin uçun – belgilangan mezonga muvofiq bazaviy hisoblaş miqdorining 100 barobari miqdorigaça bölgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyoş fotoelektr tizimini örnatib beriş.

















