Hodisa 30 may kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Hamkorlik mahallasida sodir bölgani aytilmoqda.
Rasmiy xabarda keltirilişiça, öğrilik va giyohvand moddalar bilan noqonuniy muomala qiliş jinoyatlarini sodir etgani uçun bir neça marotaba sudlangan, giyohvand şaxs sifatida profilaktik nazoratga olingan 47 yaşar erkak mahallasi raisi Nurmamat Şoymardonovning uyiga mast holatda bostirib kirib, janjal kötargan. Mahalla profilaktika inspektori kapitan Ğofur Berdiyev çaqiruvga asosan yetib kelguniga qadar tartibbuzar voqea joyidan qoçib ketadi.
U şu kuni keçki payt uyiga qaytib kelgani aniqlanadi. IIB xodimi u bilan profilaktik suhbat ötkaziş hamda mahalla raisiga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik holatini rasmiylaştiriş maqsadida tartibbuzarning xonadoniga borganda qarşilikka uçraydi. Xonadon egasi bolta bilan profilaktika inspektoriga hujum qilib, uning çap qöl tirsagini yaralaydi. Şunday bölsa-da, “uçastkavoy” huquqbuzar zararsizlantirişga erişadi.
Şundan söng voqea joyiga qöşnilar çiqadi va IIB xodimlari yordamga yetib keladi. Burçini ötaş çoğida hujumga uçragan profilaktika inspektorini hamkasblari şifoxonaga olib borişadi. Tibbiy körikdan söng uning çap tirsak pastki qismi suyaklari oçiq singani va qon tomirlarining kesilişi oqibatida köp qon yöqotgani aniqlanadi hamda IIB xodimiga tezkor tibbiy yordam körsatiladi.
Holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
IIV axborot xizmati hayotini xavf ostiga qöyib tartibbuzarni zararsizlantirgan profilaktika inspektorini rağbatlantiriş masalasi körilayotganini bildirgan.

















