Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Sergeli tumanidagi maşina bozori hududida soyabonlar qoplamasi yeçib olinayotgani aks etgan video tarqaldi. Video muallifi kadr ortidan bozor buzib taşlanayotgani haqida gapirgan.
Kun.uz holat yuzasidan aniqlik kiritiş uçun Sergeli bozori («Iste’molda bölgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» MÇJ) ma’muriyati bilan boğlandi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan Sergeli maşina bozorining buzilişi va boşqa joyga köçirilişi töğrisida gap-sözlar haqiqatga töğri kelmaydi. Bozorning usti yopiq qismi, ya’ni maşina sotuv zonasidagi soyabonlar tomining qoplamasi yangisiga almaştirilyapti. Bu yil qiş oğir kelgani uçun tomdan çakka ötib, bozorga kelgan xaridorlar ham, maşinasini sotiş istagidagi fuqarolar ham qiynalişdi.
Şu pavilondagi tom qoplamasini, bu yerdagi asfaltni, irrigatsiya tizimlarini yangilaş orqali xaridor va sotuvçilarga qulaylik yaratiş hamda bozorimizni rivojlantirişni maqsad qilganmiz», deydi bozor marketing bölimi boşliği Rufat Mavlonov.
Ma’muriyat aholi örtasida Sergeli maşina bozori buzilişi va boşqa joyga köçirilişi haqida notöğri ma’lumot tarqalişiga sabab bölgan video muallifi bilan boğlanib, unga asl holat haqida ma’lumot berilganidan söng, u yana bozorga kelib, boşqa video olgan va birinçi videosi kesilib tarqatib yuborilgani uçun notöğri talqinlarga sabab bölganini ta’kidlagan.

Qayd etiş kerakki, bu xabarlar poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga qaraşli ekani aytiladigan Tashkent Index sanoat ekspomarkazi maşina bozoriga aylantirilayotgan bir paytda tarqalgani jamoatçilik e’tiborini tortgan. Majmuaning instagram-sahifasida e’lon qilingan videoda 10-12 iyun kunlari Tashkent Index’da zamonaviy avtobozor oçilişi haqida söz boradi. Yangi bozorda elektromobillar uçun, yangi va ikkilamçi avtomobillar uçun alohida-alohida pavilonlar taşkil etilişi aytiladi.
Qarzlari köpayib ketgani ortidan Sergeli maşina bozori xususiylaştirilgan edi. Şu paytgaça bozor boşqa hududga köçirilişi haqida bir neça marta xabar tarqalgan. Jahongir Ortiqxöjayev avtomobil bozorini Çinozga köçirişni












