Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga köra, tadbirda ikki davlatning yetakçi mehmonxona brendlari va turizm kompaniyalari rahbarlari iştirok etişdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Özbekiston va Vetnam örtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Ikki davlatlar örtasida sayyohlar oqimi ortdi. 2022 yil yakunlariga köra, Vetnamdan Özbekistonga ming nafar sayyoh kirib kelgan.
2023 yilning iyun oyidan boşlab Özbekiston va Vetnamning Nyaçang şahri örtasida doimiy töğridan töğri aviareyslar qatnovi yölga qöyiladi. Bu ikki mamlakat turizm sohasida faoliyat körsatayotgan tadbirkorlar uçun yangi imkoniyat va muhim qulayliklar yaratadi.
Tomonlar ikki mamlakatning turizm imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda özaro manfaatli kelişuvlarga erişiş borasida muzokaralar ötkazişdi.

















