Pentagon rahbari Xitoyni Tayvanga qarshi urush oqibatlari haqida ogohlantirdi
Tayvan bo‘g‘ozidagi urush halokatli oqibatlarga olib keladi, dedi Lloyd Ostin Singapurdagi «Shangri-La muloqoti» konferensiyasida.
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Xitoyni Tayvanga qarshi harbiy harakatlardan ogohlantirdi. «Tayvan bo‘g‘ozidagi mojaro halokatli oqibatlarga olib keladi», dedi Pentagon rahbari 3 iyun, shanba kuni Singapurda o‘tayotgan «Shangri-La muloqoti» xavfsizlik bo‘yicha Osiyo anjumanida.
Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi mojaroning harbiy kuchayishi global iqtisodiyotga «biz tasavvur qila olmaydigan darajada ta’sir qiladi», dedi Ostin. AQSh «status-kvoning bir tomonlama o‘zgarishini» rad etadi, dedi u. Shu bilan birga, uning nuqtayi nazari bo‘yicha, bunday ziddiyat sodir bo‘lmasligi ham mumkin. Vashington Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va xavfsizlikni himoya qilishga qat’iy qaror qildi, bu jahon yuk tashish sohasi uchun juda muhim, dedi AQSh vaziri.
Ostin, shuningdek, munosabatlardagi juda jiddiy sovuqlik davrida AQSh va Xitoy o‘rtasida aloqa yo‘qligidan xavotir bildirdi. Ochiq aloqa kanallari, ayniqsa, harbiy va mudofaa siyosatini ishlab chiquvchilar uchun muhim, deya tushuntirdi u va hozir muloqotni boshlash vaqti ekanligini ta’kidladi. Kecha Xitoyning yangi mudofaa vaziri Li Shanfu bilan bo‘lib o‘tgan qisqa uchrashuv haqida gapirar ekan, Ostin «kechki ovqat paytida samimiy qo‘l siqish faktlarni muhokama qilish o‘rnini bosa olmasligini» ta’kidladi.
Singapurdagi konferensiya boshlanishidan oldin Li Shanfu yana bir bor Tayvani zabt etish bilan tahdid qildi. U, shuningdek, ushbu forumda Ostin bilan uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
22:18 / 11.11.2024
Xitoy 15 ta sun’iy yo‘ldoshga ega tijoriy raketani uchirdi
16:03 / 11.11.2024