Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan 3 iyun kuni Anqara şahrida Turkiya prezidentining lavozimga kirişişi munosabati bilan tantanali tadbirlarda iştirok etadi.

Taşkilotçilar qayd etişiça, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar iştirok etişi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan prezidentlik saylovlarining ikkinçi turida ham ustun kelgandi. U Anqarada öz tarafdorlari qarşisida çiqiş qilib, Turkiya xalqi mamlakatni keyingi beş yillikda boşqarişni unga va uning ma’muriyatiga işonib topşirganini ma’lum qildi.

Turkiyada prezidentlik saylovlarining birinçi turi 14 may kuni bölib ötgandi. Unda amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdöğan 49,51 foiz ovoz olib, ğalabaga erişa olmagandi. Muxolifatçilar nomzodi Kamol Qiliçdoröğli 44,88 foiz olgan.