Ukrainada uruşning 465-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qarşi hujumga tayyorligini ma’lum qildi.
- Belgorod oblasti Şebekino şahar okrugi hududida yana ikki kişi halok böldi; bu yerda havo hujumidan mudofaa tizimlari işlamoqda. 2 iyun kuni region öqqa tutilişi oqibatida beş kişi halok bölib, yana 16 kişi yaralangandi.
- Şebekino aholisi bolalar şahardan evakuatsiya qilinişi uçun uç ming rubldan tölov qilişiga töğri kelganini aytib berdi.
- Ukrainada 4800 dan ortiq bombapanagohlar tekşirib çiqildi. Ularning törtdan bir qismi yopiq turgani yoki foydalanişga yaroqsizligi ma’lum bölgan.
- Indoneziya mudofaa vaziri Ukrainadagi uruşni töxtatişga qaratilgan tinçlik rejasini taklif etdi. U harbiylardan xoli qilingan hududga BMT tinçlikparvar kuçlarini joylaştiriş va «bahsli hududlar»da referendumlar ötkazişni nazarda tutadi.
- Ukraina TIVdagilar esa Ukraina va RF örtasida «referendumlar ötkaziş kerak bölgan bahsli hududlar mavjud emasligi»ni bildirişdi. Zelenskiyning ofisida indoneziyaliklar rejasini «tiz çökiş» böyiça navbatdagi taklif deb ataşdi.
- Vengriya hukumati Ukrainada öt oçişni töxtatişga çaqirilgan rolik e’lon qildi. Unda Ukraina xaritasi Qrimsiz körsatilgan. Kiyev Budapeştga protest bildirdi.
Dniproning öqqa tutilişi
3 iyun kuni keçqurun Rossiya armiyasi Ukrainaning Dnipropetrovsk oblasti Podgorodnoye (Pіdgorodne) şaharçasini öqqa tutdi, deb xabar qildi region rahbari Sergey Lisak. Podgorodnoye amalda oblast ma’muriy markazi Dnipro bilan tutaşib ketgan va uning şimoliy çekkasi hisoblanadi.
Rossiya raketasi ikkita ikki qavatli bino örtasiga tuşgan, binolarning ikkisi ham qisman şikastlangan. Otişma oqibatida, sönggi ma’lumotlarga

































